×

Brunel University: bakalavriat va magistratura uchun 55ta qisman qoplanadigan grant


Grant

MUHLAT

07.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1439 marta

Buyuk Britaniyada joylashga Brunel Univeristy  International Excellence Scholarship dasturi doirasida bakalavriat va magistraturada o’qishni xohlovchi xalqaro talabalarga 55ta qisman qoplanadigan grantni taklif etmoqda. Nomzod universitetda mavjud bo’lgan istalgan yo’nalishlardan birini tanlashi mumkin. O’qish 2019-yilning yanvaridan boshlandi. Dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat yoki magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qo’lga kiritgan xalqaro talabalarning har biriga 6000 funt sterling miqdorida iqtisodiy yordam ko’rsatiladi. Bu summa kontrakt pulining bir qismini qoplashga yo’naltiriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod xalqaro talaba bo’lishi va 2018-yilga 7-dekabrgacha hujjat topshirib, kontrakt asosida o’qishga qabul qilinishi lozim;
  • Nomzod o’zi tanlagan yo’nalishiga qabul qilinish shartlariga mos bo’lishi kerak;
  • Nozmod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga (IELTS) ega bo’lishi kerak. IELTS ga qo’yilgan talab yo’nalishlarga qarab farq qiladi va nomzodlar bu talab bilan o’z yo’nalishini tanaganda tanishib chiqishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish jarayoni: Nomzod dastlab o’zi tanlagan bosqichlardan biriga hujjalarini topshirishi, so’ng grant uchun onlayn ariza topshirishi lozim. Nomzod grant uchun ariza topshirgan bo’lsa va o’zi tanlagan hamda hujjat topshirgan yo’nalishga o’qishga qabul qilinsa, unga grant berish masalasi ko’rib chiqiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!