×

Bruney: PhD bosqichi uchun to’liq grant, oylik stipendiya va turar joy ta’minoti


Grant

MUHLAT

31.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Bruney

O'QILGAN

1781 marta

Bruneyda joylashgan University Brunei Darussalam oliygohi UBD Graduate Scholarship (UGS) dasturi orqali ilmiy tadqiqot ishlarini Phd bosqichida davom ettirishni rejalashtirayotgan talabalarga grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi University Brunei Darussalam oliygohida o’qitiladigan PhD kurslari uchun ajratilgan. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan q’ollab quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

PhD kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

  • To’lov kontraktidan ozod etiladi
  • Universitetga ro’yxatdan o’tish hamda qabul to’lovlaridan ozod etiladi
  • 36 oy davomida har oyiga 357 AQSH dollari miqdorida stipendiya bilan ta’minlanadilar
  • 36 oy davomida universitet talabalar yotoqxonasida turor joy bilan ta’minlanadilar
  • Bruney davlati fuqarosi bo’lmagan xorijlik talabalar bir martalik borish va qaytish avia chiptalari bilan ta’minlanadilar
  • Ilmiy tadqiqot ishi xarajatlari uchun qo’shimcha ta’minot (Arts and Humanities yo’nalishi talabalari uchun 713 AQSH dollari miqdorida ta’minot,  Science yo’nalishi talabalari uchun 1427 AQSh dollari miqdorida ta’minot)

University Brunei Darussalam oliygohidagi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod University Brunei Darussalam oliygohining qabul talablariga javob berishi lozim. University Brunei oliygohi PhD kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq tanishib chiqishingiz mumkin.
  • Nomzod bakalavr va magistratura bosqichlarini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim.
  • Yuqori sifatli va jamiyat rivojiga hissa qo’sha oladigan ilmiy tadqiqot mavzusini taqdim etishi lozim.
  • Ilmiy tadqiqot mavzusi va ariza topshirilgan fakultet bir biriga mos kelishi lozim.
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6 ball, TOEFL 550 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

UBD Graduate Scholarship (UGS) grant dasturiga nomzod bo’lish uchun quyidagi 3 bosqichni ketma- ket amalga oshirishingizni tavsiya qilamiz:

1-bosqich: University Brunei oliygohi qabul talablariga mos ekanligingizni tekshiring.

2-bosqich: Kerakli hujjatlarni jamlang:

  • Akademik Rezyume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi Baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan Sertifikatlar
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim)
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik Tavsiyanoma.

 

Eslatma: yuqorida so’ralgan hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Aksincha holatlarda notariusdan tasdiqlangan holda ingliz tiliga tarjima qilingan bo’lishi lozim.

 3-bosqich: Onlayn ro’yhatdan o’tish. UGS dasturi uchun bu yerda ariza topshirishingiz mumkin.

Shundan so’ng to’ldirilgan arizalarni o’rganish jarayonida barcha hujjatlar o’rganilib chiqiladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun bu yerda keltirilgan elektron manzillarga yoki +6732460922/3/4/5 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!