×

Buyuk Britaniya: Huquq sohasida magistrlik bosqichida o’qish uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

05.07.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3736 marta

Buyuk Britaniyaning University of Law universiteti huquq sohasida magistrlik darajasini olishni xohlovchilar uchun to’liq grant e’lon qildi. Ushbu universitet quyidagi dasturlar uchun to’liq grant ajratadi:

Grant kimlar uchun?

Huquq bo’yicha magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qo’lga kiritganlar kontrakt pulini to’lashdan butunlay ozod qilinadi.

Shuningdek, to’liq grantni qo’lga kirita olmagan talabalarga ham, ular inhsho yozish bosqichiga o’tishgan bo’lsa, kontrakt puli uchun 2000 funt sterling chegirma taqdim etiladi (kontrakt puli yiliga 9200-11500 funt sterlingni tashkil etadi).

Talablar:

Nomzodga quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod huquq sohasida Lower Second Class darajasidagi yoki unga ekvivalent darajadagi bakalavrlik diplomiga ega bo’lishi kerak (O’zbekiston tizimida bu darajada taxminan o’rtacha o’zlashtirish ko’rsatkichi 75 foizdan yuqori bo’lgan talabalar diplomi tushuniladi).
  • Nomzod dastlab GDL, MA Law yoki LPC dasturlaridan biriga qabul qilinishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini a’lo darjada bilishi kerak (IELTS minimum 6.5 bo’lishi va har bir bo’limdan 6 dan past bo’lmasligi lozim).
  • Nomzod yiliga 25 ming funt sterlingdan kam daromad qiladigan oila a’zosi bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzoddan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:

  • Bitirgan yoki hozir o’qiyotgan universitet nomi;
  • Lower Second Class darajasidagi yoki shunga ekvivalent darajadagi bakalavrlik diplomini qo’lga kirtganligi/qo’lga kiritishi haqida ma’lumotnoma (universitet tomonidan qilib beriladi bu).
  • Nomzod oilasining yillik daromadini tasdiqlovchi hujjat.

Grantni yutish jarayoni bosqichlar:

1-bosqich – Bunda siz grant uchun yuqorida ko’rsatilgan ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etishingiz kerak bo’ladi.

2-bosqich – Bunda siz onlayn tarzda test topshirasiz va shu test natijasiga qarab keying bosqichga o’tishiingiz mumkin.

3-bosqich – Bunda huquqqa oid insho yozib topshirilishi lozim. Insho bosqichidan o’tganlar, grantni yutgan hisoblanadi.

Insho bosqichigacha kelib, inshoni topshirgan, lekin bu bosqichdan o’ta olamaganlarga avtomatik tarzda kontrakt puli uchun 2000 funt sterling chegirma taqdim qilinadi (kontrakt puli yiliga 9200-11500 funt sterlingni tashkil etadi).

Eslatma: Nomzod to’liq grant ajratiladigan magistrlik dasturlaridan biriga hujjat topshirishi va unga qabul qilinishi kerak. Shunda nomzod ushbu grantga ariza topshira oladi. Yuqorida sanalgan magistratura dasturlari va ularga kirish talablari bilan SHU YERDA tanishing.

Hujjatlarni topshirishning oxirgi muddati – 2018-yilning 5-iyuli.
Test topshirishning eng oxirgi muddati – 2018-yilning 9-iyuli.
Insho topshirishning eng oxirgi muddati – 2018-yilning 16-iyuli.
G’oliblar 2018-yilning 24-avgustida e’lon qilinadi.

Qiziqtiruvchi savollar yuzasidan elektron scholarships@law.ac.uk manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!