×

Bucharest Summer University: Barcha bosqich talabalari uchun Ruminiyada 2 haftalik yozgi maktab; 100% gacha grantlar bor!


Grant

MUHLAT

31.05.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ruminiya

O'QILGAN

17390 marta

Bucharest Summer UniversityBuxarest iqtisodiy tadqiqotlar universiteti tomonidan tashkillashtiriladigan rasmiy xalqaro yozgi maktab boʻlib, unda asosan iqtisodiy muammolar va ularning yechimlarini muhokama qilinadi. Boshqa sohalarga tegishli mavzular ham yozgi maktab mavzusi sifatida olinishi mumkin.

Ushbu yozgi maktabning asosiy maqsadi – butun dunyodagi talabalar oʻrtasida keng tarqalgan akademik qadriyatlarni targʻib qilishdir.

18-marta oʻtkazilayotgan bu yilgi yozgi maktabning mavzusi quyidagicha: Digital Transformation For New Business Models.

Bu yilgi yozgi maktab 2024-yil 11-25-avgust kunlari boʻlib oʻtadi hamda unga 40 ortiq ishtirokchi qabul qilinadi. Maktab mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Maktabga qatnashish toʻliq toʻlov miqdori quyidagicha:

  • 2024-yil 1-maygacha toʻlov qilinsa – 700 yevro.
  • 2023-yil 1-maydan 1-iyungacha toʻlov qilinsa – 800 yevro.

Maktab tashkilotchilari nomzodlarga toʻliq va qisman grantlar ham taklif etadi:

  • Toʻliq grant yutganlar maktabga qatnashish toʻlovini toʻlashdan 100% ozod qilinadi.
  • Qisman grant yutganlar maktabga qatnashish toʻlovi 400 yevro (agar 1-maygacha toʻlov qilinsa) yoki 400 yevro (1-maydan 1-iyungacha toʻlov qilinsa) qilib beriladi.

Bu yozgi maktabda ishtirok etuvchilar (toʻliq yoki qisman grant yutganlar ham, oʻz hisobidan qatnashuvchilar ham) quyidagilar bilan taʼminlanadi:

  • Turar joy.
  • Kuniga 3 mahal ovqat.
  • Aeroportdan maktab manziliga borish va qaytish uchun transport.
  • Yakshanba va shanba kungi ekskursiya bilan bogʻliq xarajatlar (mehmonxona, oziq-ovqat va trasnport xarajatlari) qoplanadi.
  • Kurslar va qoʻshimcha mashgʻulotlar.

Eslatma: Toʻliq yoki qisman grant yutganlar ham, toʻliq oʻz hisobidan qatnashuvchilar ham Ruminiyaga borish va qaytish xarajatlarini oʻzlari qoplashi kerak.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Istalgan davlat fuqarosi ariza topshira oladi.
  • Nomzod talaba (bakalavr, magistr yoki PhD) boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini qiyinchiliksiz muloqot qila oladigan darajada bilish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Maktab uchun arizalar 2024-yil 31-maygacha onlayn shaklda qabul qilinadi. Arizani BU YERDA toʻldirib, topshirish mumkin.

Ariza topshirishda taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar quyidagicha:

1. Toʻliq grantga ariza topshirmoqchi boʻlganlar uchun:

  • CV – ingliz tilida (ariza shakliga yuklanadi).
  • Motivatsiya xati (ariza shaklida yoziladi).
  • Insho – “Cross-border e-commerce revolution. Analyzing Shein’s rise and its global impact” mavzusida va ingliz tilida (ariza shakliga yuklanadi). Insho 2000 soʻzdan oshmasligi, Times New Romans, 12 shrift va 1,5 intervalda yozilishi kerak. MUHIM: Insho toʻliq tuzilishi berilgan, bu tuzilish bilan BU YERDA tanishing (“Full Scholarship Application” boʻlimi).

Toʻliq grant uchun saralash natijalari 2024-yil 1-iyunga eʼlon qilinadi.

2. Qisman grantga ariza topshirmoqchi boʻlganlar uchun:

  • CV (ariza shakliga yuklanadi).
  • Motivatsiya xati (ariza shakliga yuklanadi).

Qisman grant uchun saralash natijalari ariza qabul qilingandan keyin 3 hafta ichida xabar qilinadi.

3. Oʻz hisobidan qatnashuvchilar uchun:

  • CV (ariza shakliga yuklanadi).

Oʻz hisobidan qatnashish uchun ariza topshirganlarning natijasi 48 soat ichida xabar qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan application@bsu.ase.ro elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!