Bucharest Summer University – Buxarest iqtisodiy tadqiqotlar universiteti tomonidan tashkillashtiriladigan rasmiy xalqaro yozgi maktab boʻlib, unda asosan iqtisodiy muammolar va ularning yechimlarini muhokama qilinadi. Boshqa sohalarga tegishli mavzular ham yozgi maktab mavzusi sifatida olinishi mumkin.
Ushbu yozgi maktabning asosiy maqsadi – butun dunyodagi talabalar oʻrtasida keng tarqalgan akademik qadriyatlarni targʻib qilishdir.
19-marta oʻtkazilayotgan bu yilgi yozgi maktabning mavzusi quyidagicha: Leaders of Tommorow in International Business and Economics: Reshaping Global Economy.
Bu yilgi yozgi maktab 2026-yil 9-23-avgust kunlari boʻlib oʻtadi hamda unga 40 ortiq ishtirokchi qabul qilinadi. Maktab mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
Talabalar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Maktabga qatnashish toʻliq toʻlov miqdori quyidagicha:
- 2026-yil 1-maygacha toʻlov qilinsa – 800 yevro.
- 2026-yil 1-maydan 1-iyungacha toʻlov qilinsa – 900 yevro.
Maktab tashkilotchilari nomzodlarga toʻliq va qisman grantlar ham taklif etadi:
- Toʻliq grant yutganlar maktabga qatnashish toʻlovini toʻlashdan 100% ozod qilinadi.
- Qisman grant yutganlar maktabga qatnashish toʻlovi 550 yevro (agar 1-maygacha toʻlov qilinsa) yoki 650 yevro (1-maydan 1-iyungacha toʻlov qilinsa) qilib beriladi.
Bu yozgi maktabda ishtirok etuvchilar (toʻliq yoki qisman grant yutganlar ham, oʻz hisobidan qatnashuvchilar ham) quyidagilar bilan taʼminlanadi:
- Turar joy.
- Kuniga 3 mahal ovqat.
- Aeroportdan maktab manziliga borish va qaytish uchun transport.
- Yakshanba va shanba kungi ekskursiya bilan bogʻliq xarajatlar (mehmonxona, oziq-ovqat va trasnport xarajatlari) qoplanadi.
- Kurslar va qoʻshimcha mashgʻulotlar.
Eslatma: Toʻliq yoki qisman grant yutganlar ham, toʻliq oʻz hisobidan qatnashuvchilar ham Ruminiyaga borish va qaytish xarajatlarini oʻzlari qoplashi kerak. Shuningdek, ishtirokchilarning barchasidan ular Ruminiyaga borgandan keyin 50-75 yevro miqdorida qoʻshimcha haq olinadi, bu summa muzeyga kirish, kir yuvish xizmatlari va boshqa shu kabi xizmatlar uchun sarflanadi.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Istalgan davlat fuqarosi ariza topshira oladi.
- Nomzod talaba (bakalavr, magistr yoki PhD) boʻlishi kerak.
- Ingliz tilini qiyinchiliksiz muloqot qila oladigan darajada bilish kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Ushbu maktab uchun arizalar 2026-yil 1-iyungacha onlayn shaklda qabul qilinadi. Arizani BU YERDA toʻldirib, topshirish mumkin.
Ariza topshirishda taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar quyidagicha:
1. Toʻliq grantga ariza topshirmoqchi boʻlganlar uchun:
- CV – ingliz tilida (ariza shakliga yuklanadi).
- Motivatsiya xati (ariza shaklida yoziladi).
- Insho (insho mavzusi ariza shaklida koʻrsatiladi).
Toʻliq grant uchun saralash natijalari 2026-yil iyunda eʼlon qilinadi.
2. Qisman grantga ariza topshirmoqchi boʻlganlar uchun:
- CV (ariza shakliga yuklanadi).
- Motivatsiya xati (ariza shakliga yuklanadi).
Qisman grant uchun saralash natijalari ariza qabul qilingandan keyin 3 hafta ichida xabar qilinadi.
3. Oʻz hisobidan qatnashuvchilar uchun:
- CV (ariza shakliga yuklanadi).
Oʻz hisobidan qatnashish uchun ariza topshirganlarning natijasi 72 soat ichida xabar qilinadi.
Shuningdek davomiyligi 120 soniyadan iborat video yuklash ham talab etiladi. Bu videoda quyidagi savollarga javob berilishi kerak:
1. Are education systems preparing leaders of tomorrow for the dynamic global economy?
2. What do you believe are the most important skills a student should develop to prepare for the field of international economic relations?
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan application@bsu.ase.ro elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.




