×

Building for Peace Scholarship: Belfastdagi 4 kunlik xalqaro sammitda qantashish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

07.06.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3098 marta

Har yili oʻtkaziladigan One Young World sammiti ijtimoiy taʼsirni tezlashtirish ustida ish olib borayotgan barcha mamlakatlar va sohalardan boʻlgan yorqin iqtidorlarni toʻplaydi.

2023-yildagi One Young World sammiti Shimoliy Irlandiya poytaxti Belfastda, 2-6-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 dan ortiq yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan. Delegatlar (ishtirokchilar) nutqlar, muhokama forumlari, netvorking va seminarlardan iborat 4 kunlik tadbirlarda qatnashadi.

Holcim kompaniyasi ushbu sammitda 5 nafar yoshga toʻliq grant asosida qatnanish huquqini beruvchi Building for Peace Scholarship dasturini taklif etmoqda.

Har bir inson biror joyni oʻz vatani deb atash huquqiga ega. Ammo bugungi kunda majburan koʻchgan 103 million kishini mojarolar, zoʻravonliklar, taʼqiblar va iqlim ofatlari insonning bu asosiy ehtiyojidan mahrum qildi. Koʻchgan koʻplab odamlar boshpana izlaydi va koʻpincha sifatsiz yashash sharoitlariga duch keladi. Ularda xavfsizlik kafolati yoki sovuq, nam, issiqlik, yomgʻir yoki shamoldan himoyalanish kafolati yoʻq. Koʻpgina aholi punktlari vaqtinchalik boʻlishi kerak, ammo koʻchirilgan odamlar yillar va hatto oʻnlab yillar davomida lagerlarda yashashlari mumkin.

Holcim kompaniyasi Norman Foster jamgʻarmasi bilan hamkorlikda yigirma yildan ortiq vaqtinchalik aholi punktlarida yashashi mumkin boʻlgan koʻchirilgan jamoalar uchun xavfsizlik, qulaylik va farovonlikni taʼminlash maqsadida muhim uy-joylarni ishlab chiqdi. Holcim barqaror binolardan barcha foydalana olishi uchun ECOPact past uglerodli betondan tortib Elevate izolyatsiya plitalarigacha boʻlgan eng innovatsion va barqaror yechimlarini taqdim etadi.

Barchani asosiy uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha suhbatni kengaytirish maqsadida Holcim “One Young World” sammti bilan hamkorlikda ushbu Building for Peace (Tinhclik uchun qurish) stipendiyasini taklif qilmoqda.

Xususan, bu stipendiya quyidagi yoʻnalishlardan birida taʼsir koʻrsatayotgan yosh yetakchilarni qoʻllab-quvvatlaydi:

  • Hamyonbop va barqaror uy-joy uchun innovatsiyalar.
  • Qochqinlar va zaif jamoalarni qoʻllab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshli nomzodlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritgan 10 nafar nomzod quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • 2023-yil 2-5-oktabr kunlari Belfastda boʻlib oʻtadigan One Young World sammatida qatnashish imkoniyati.
  • 2023-yil 1-6-oktabr kunlari mehmonxonadan bepul xona taʼminlanadi.
  • Belfastga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi (ekonom klass aviachipta).
  • Bepul nonushta, tushlik va kechki ovqat bilan taʼminlandi.
  • Sammit oʻtkaziladigan manzillararo qatnash uchun yer usti transporti taʼminlanadi.
  • Sammitdan oldingi dasturda ishtirok etish imkoniyati.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Sammit boshlanganida 18-30 yosh oraligʻida boʻlish kerak.
  • Isatlgan davlat fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladi.
  • Quyidagi sohalardan birida ijobiy oʻzgarishlar qilishga ahd qilgan boʻlish kerak:
    – Hamyonbop va barqaror uy-joy uchun innovatsiyalar.
    – Qochqinlar va zaif jamoalarni qoʻllab-quvvatlash.
  • Taʼsirga ega va innovatsioiin gʻoyalar yaratish tajribasiga ega boʻlish kerak.
  • Oʻz ishida asosiy mahalliy va/yoki global muammolarga diqqat qaratishi kerak.
  • Yetakchilik salohiyatiga ega boʻlish kerak.
  • Global masalalarni yaxshi tushushin kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak (sammit ingliz tilida boʻladi).

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun ham arizalar 2023-yil 7-iyungacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Ariza shaklida nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va bir nechta savollarga 200 soʻzdan oshmagan javoblar yozishi kerak.

Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!