×

BUSS: Bakalavrlar uchun Shveytsariyada barcha xarajatlari qoplanadigan 9 haftalik yozgi maktab!


Grant

MUHLAT

15.02.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

5374 marta

Zurich Biology Undergraduate Summer School (BUSS) hayot haqidagi fanlar boʻyicha tahsil oluvchi bakalavriat talabalariga Shveytsariyada joylashgan Zurich universiteti yoki ETH Zurich universitetining ishtirokchi laboratoriyalardan biridagi tadqiqot loyihasini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etuvchi yozgi maktab dasturidir. Yozgi maktab davomida talabalar laboratoriya metodlari va nazariy tamoyillar bilan tanishadi, shuningdek ilmiy asoslash va ilmiy muloqot boʻyicha koʻnikmalarni ham oʻzlashtiradi.

Hayot haqidagi fanlar nihoyatda koʻr fanlarni oʻz ichiga qamrab oladi, ularning roʻyxati bilan BU YERDA tanishing.

Dasturga har yili butun dunyodan 15-25 nafar talaba qabul qilinadi va ular ishtirokchi tadqiqot jamoalaridan birida, jamoa yetakchisi nazoratida tadqiqot loyihasini amalga oshiradi. Dastur tarkibi va mashgʻulotlari bilan BU YERDA batafsil tanishing,

Yozgi maktab tadqiqoti va mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi. Yozgi maktab 2022-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha (9 hafta) davom etadi).

Ilmiy va taʼlimga oid mashgʻulotlardan tashqari, BUSS Shveytsariyaning olis hududlariga barcha xarajatlari qoplanadigan 3 kunlik safar, tadqiqot va ilmiy muassasalarga tashriflar va ochilish va yopilish tadbirlarini ham oʻz ichiga oladi.

Mavjud tadqiqot jamoalari (tadqiqot sohalari) bilan BU YERDA tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Shveytsariyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi. Talaba Shveytsariyanng boshqa bir universitetida oʻqiyotgan boʻlsa, oʻsha universitetdan Zurich yoki ETH Zurich universitetiga borish va kelish xarajatlari ham qoplanadi.
  • Turar joy xarajati qoplanadi.
  • Mahalliy xarajatlar uchun koʻp boʻlmagan miqdorda mablagʻ ajratiladi.
  • Shveytsariyaning olis hududlariga 3 kunlik safar uyushtiriladi, bunda barcha xarajatlar qoplanadi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod hayot haqidagi fanlardan biri boʻyicha bakalavriat bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  • Istalgan davlat fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2021-yil 15-dekabrdan 2022-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi. Ariza shakli va kerakli hujjatlar maxsus platformada topshiriladi. Bunda dastlab nomzodlar platformada roʻyxatdan oʻtib (register), akkaunt ochishi kerak.

Soʻng ariza shakli toʻldirilib, quyidagi hujjatlar yuklanadi:

  • CV.
  • Universitetda hozirga qadar oʻtilgan fanlarning baholari.
  • Oʻqituvchi yoki tadqiqot rahbaridan tavsiyanoma.

MUHIM: Ariza topshrishga kirishishdan oldin yozgi maktabning rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Tel.: +41 44 635 4862
Email: buss@biol.uzh.ch

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!