×

Buxarestda bir yillik Pontika Magna stipendiya dasturi


Grant

MUHLAT

07.12.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ruminiya

O'QILGAN

1801 marta

Ruminiyaning Buxarest shahrida joylashgan Yangi Yevropa kolleji gumanitar va ijtimoiy fanlarni yuqori darajada o’rganishga moslashgan bo’lib, u yoshlarni yangi ochilgan Pontika Magna stipendiya dasturiga taklif qiladi. Dastur yosh ilmiy tadqiqotchi, OAV vakilllari, yozuvchilar va san’atkorlarga mo’ljallangan bo’lib, arizalar Sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari fuqarolaridan qabul qilinadi. Arizachilar o’zlari yoqtirgan, qiziqqan mavzulari bilan mazkur dasturga bir yoki ikki semestrlik stipendiya dasturiga ariza topshirishi mumkin.

Yangi Yevropa kolleji Yevropa Ittifoqidan hamda unga a’zo bo’lmagan davlatlardan bo’lgan ilmiy tadqiqotchi va yosh professionalllarni bir joyga yig’ib, ularning hamkorlikda ishlashi va bir-biridan o’rganishi uchun eng qulay sharoitlarni yaratib beradi. Dastur G’arb va Sharq hamda Shimol va Janubni birlashtirib, unda ilmiy hamda intellektual g’oyalar hamda insonlar tarmo’gini yaratishga yordam beradi. Kollej mintaqada o’ziga xos o’ringa ega bo’lib, xalqaro obro’ga ega ilmiy markazga aylangan.

Grant kimlar uchun?

SOBIQ SOVET DAVLATLARI FUQAROLARI UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant miqdori:

  • 750 Yevro midorida oylik stipendiya;
  • Bepul turar-joy;
  • Safar xarajatlari;
  • Boshqa davlatga bir oylik ilmiy safar xarajatlari.

Talablar:

Kim uchun:

  • Sobiq Sovet Ittifoqi davlatlaridan bo’lgan;
  • Doktoranturaning yuqori bosqich talabalari yoki doktorantura darajasiga ega;
  • Jurnalist, OAV vakillari, yozuvchilar yoki san’atkorlar (bu guruh vakillaridan doktoranturada o’qish yoki shunday darajaga ega bo’lish talab etilmaydi, ammo bo’lsa yaxshi)
  • Doktorantura darajasi talab etilmaydigan guruh vakili dasturda birga ishtirok etmoqchi bo’lgan loyihasi borasida muqaddam yutuqlarga erishgan bo’lishi va bu arizachining rezyumesida aks etgan bo’lishi lozim;
  • Ingliz, fransuz yoki nemis tillaridan birini bilishi – dastur yakunida ilmiy maqola yaratish uchun;
  • Ingliz tilini bilishi – dasturda hamma imkoniyatlardan keng foydalanish uchun;
  • 40 yoshdan oshmagan arizachilarga afzallik beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

Arizalar elektron shaklda qabul qilinadi. Ariza to’ldirish bo’yicha yo’riqnoma bilan SHU YERDA tanishib chiqing. Ariza shaklini SHU YERDA ko’chirib olib, to’ldirilgan nusxasini applications@nec.ro manziliga yuborish lozim. Xat sarlavhasiga quyidagi yozuv qo’yilishi lozim: Pontica Magna Fellowship_Edu-Active

Ariza qabul qilishning so’nggi muhlati 2015-yil 28-iyun.

Ariza yuborilgandan so’ng, 10 kun oralig’ida dastur vakillari ariza yetib kelganligi haqida sizga ma’lum qiladi. Agar 10 kun davomida bunday xat kelmasa, dastur koordinatori Constantin Ardeleanuga cardeleanu@nec.ro elektron pochtasi orqali bog’lanish tavsiya qilinadi.

Arizachilar bir akademik semestrga (5 oyga, oktabr -mart oylari) yoki bir akademik yilga (10 oy, 2016-yil oktabr oyidan boshlanadi) hujjat topshirishlari mumkin. Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar ruminiyalik hamda xalqaro talabalar bilan birgalikda haftalik seminarlarda va boshqa ilmiy tadbirlarda ishtirok etishi kutiladi. Ishtirokchilar Yangi Yevropa kollejining boy ilmiy tarmog’i hamda yuqori sifatli tadbir mehmonlarining nutqlaridan bahramand bo’ladi. Dasturning ishlash tili ingliz, fransuz va nemis tilida bo’ladi.

Arizachidan ingliz tilini yaxshi bilish talab etiladi. Dastur yakunida ishtirokchilar ilmiy tadqiqotlari yoki loyihalarining natijalari haqida ilmiy maqola yozishlari talab qilinadi (Ilmiy maqola ingliz, fransuz yoki nemis tillaridan birida yozilishi mumkin). Dastur davomida ishtirokchilar o’zlarining xohishlariga qarab boshqa davlatda biror ilmiy dargohga bir oyga ilmiy safar qilishi mumkin va unga bog’liq barcha xarajatlar ham dastur tomonidan qoplanadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!