×

Buyuk Britaniya: magistratura uchun 52 ming funt sterling grant!


Grant

MUHLAT

25.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2130 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Imperial College Business School universitetining Riley Family Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi 2019-yil sentabrda boshlanadigan MBA kurslariga qabul qilingan chet ellik talabalar uchun mo’ljallangan. Grant dasturidan maqsad eng iqtidorli va umidli talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Dastur doirasida bir nafar talabaga grant berish rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Riley  Family Scholarships grantini yutib olgan talabaga 52000 funt sterling grant beriladi. MBA kursi konktrakt to’lovi miqdori ham shuncha, shuning uchun grant kontrakt to’lovini to’liq qoplaydi.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Buyuk Britaniya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod Imperial College Business School MBA kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod o’zida favqulodda kuchli iqtidor va potensial namoyon etishi zarur.
  4. Grant qiyinchiliklarga duch kelgan, o’gir sharoitlarda yashaganiga qaramay muvaffaqqiyatga erishgan, ulkan akademik va professional yutuqlarga ega talabaga beriladi.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL 100 ball talab qilinadi.
  6. Nomzod GMAT yoki GRE testidan yuqori ball bilan o’tgan bo’lishi zarur. batafsil
  7. Nomzod o’z sohasida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo’lishi kerak.
  8. Nomzod bakalavr diploma (darajasi)ga ega bo’lishi yoki bakalabr kursida o’qishni tamomlayotgan bo’lishi kerak.
  9. Qisqa qilib aytganda, grantni yutib olish uchun nomzod akademik va kasbiy jihatdan eng sara talaba bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga alohida ariza topshirish shart emas. 2019-yil 25-yanvarga to’liq stavkali MBA kursiga hujjat topshirib, o’qishga qabul qilingan barcha nomzodlar grant uchun to’g’ridan-to’g’ri nomzodlikka qo’yiladi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Nozmodga tavsiyanoma yozishi mumkin bo’lgan ikki nafar shaxsga bog’lanish uchun ma’lumotlar.
  2. Baholar.
  3. GMAT yoki GRE testlari natijalari.
  4. Shaxsiy bayonet (oersonal statement).
  5. CV.
  6. Insho.
  7. Ingliz tili testi natijalari.
  8. 3 daqiqalik video. Bu videoni taqdim etish ihtiyoriy hisoblanadi. Lekin video taqdime tish orqali nomzod o’z fikrlarini va o’zi haqidagi ma’lumotlarni yaxshiroq bayon etish imkoniga ega bo’ladi. Bu yerda ba’zi namuna videolar keltirilgan.

MBA kursiga hujjat topshirishda quyidagi savolga javob tariqasida hajmi 700 so’zdan oshmaydigan insho yozish kerak:

“What life experiences have shaped who you are today and how have you overcome adversity to excel in education? How do you think these experiences will help you in today’s rapidly changing world?”

Insholarni arizaga qo’shib tadim etish yoki sarlavha satri (subject line)ga “Riley Family Scholarship application” deb yozgan holda mba@imperial.ac.uk electron manziliga yuborish lozim. Birinchi saralashdan muvaffaqqiyatli o’tgan nomzodlar keying bosqichda suhbatga taklif qilinadilar.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!