×

Buyuk Britananiya: Magistratura uchun qisman grant dasturi


Grant

MUHLAT

29.06.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2949 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan York Management School’ning magistratura uchun grant dasturiga arizalar qabul qilish boshlandi. Bu  grant shu OTM ga o’qishga qabul qilingan talabalar uchun ajratilgan.

York Management School’da quyidagi yo’nalishlar bo’yicha magistratura kurslari mavjud:

Ushbu OTMda masofadan turib yetkaziladigan kurslar ham mavjud, lekin bu kurslar talabalari uchun grant ajratilmaydi.

Grant kimlar uchun?

York Management School magistratura kursiga o’qishga ariza topshiruvchilar/qabul qilinganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant taqdim etilgan har bir talabaga o’qish kontrakti uchun 7000 funt sterling  miqdoridagi pul mablag’i ajratiladi. York Management School’dagi o’qish kontraktlari miqdorlari bilan SHU YERDA tanishing.

Talablar:

  1. Grant barcha millatlar uchun ochiq.
  2. Nomzod hozirda York Management Schoolning magistratura kurslaridan biriga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod qabul qilingan kurs onlayn bo’lmasligi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Kerakli hujjatlar:

  1. 400 so’z hajmdagi insho- bu inshoda o’zingiz qabul qilingan kursni tanlaganingiz sabablari, bu kursga qanday o’ziga xos tajriba va bilimlar olib kela olishingiz, moddiy yordamga munosib ekaningiz sabablari va kelajakda qanday manfaat keltira olishingiz yozilishi kerak.
  2. Bir sahifali CV. CV da elektron pochta manzilingiz va talabalik raqamingiz (student number) ko’rsatilishi kerak.

Ushbu hujjatlarni 2018-yil 29-iyundan kechiktirmay management-postgrad@york.ac.uk elektron manziliga jo’nating.

Eslatmalar

  • York Management School’ga o’qishga hali qabul qilinmagan va hujjat topshirish bosqichidagi nomzodlarga hujjatlarini imkon qadar tezroq topshirib, universitet tomonidan tasdiqlov olgandan keyingina ushbu grantga ariza topshirish tavsiya etiladi.
  • Arizangiz qabul qilingach, 14 kun ichida keyingi qadamlar haqida ko’rsatmalar sizga elektron pochta orqali jo’natiladi.
  • York Management School’ga o’qishga kirishni xohlovchilar universitet haqida rasmiy vebsaytdan ma’lumot olishlari mumkin.
  • Ma’lumot uchun: Tel: work01904 325032 | Faks: fax01904 325021

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!