×

Buyuk Britaniya: Bakalavr bosqichi uchun 4 000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

28.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

1206 marta

Angliyaning Nyukasl-apon-Tayn shahrida joylashgan Newcastle University 2020-yilning kuz faslida boshlanadigan kurslar uchun Vice-Chancellor’s Global Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetda oʻqitiladigan bakalavriat kurslariga oʻqishga kirgan 1-kurs talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir marta beriladi. Grant talabaning a’lo baholari va oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini inobatga oladi. Grant 5 nafar talabaga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba Newcastle University bakalavr yoʻnalishlarida oʻqish uchun kontrakt toʻlovi tanlangan kursga qarab toʻlov farq qiladi. Batafsil ma’lumotlar tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodlarga bir marta kontrakt pulini qisman qoplash uchun 4 000 funt-sterling mablag` beriladi. Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Aljir, Misr, Hindiston, Indoneziya, Iordaniya, Keniya, Lebanon, Malayziya, Mavritaniya, Marokash, Tailand, Turkiya, AQSh va Vetnamlik talabalar ariza bera olmaydi.
  • Oʻzbekistonlik nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Grant uchun A yoki AAB daraja soʻraladi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.5 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Keyin esa grantga alohida ariza beriladi. Dedlayn 2020-yil 28-fevral.

Kursga hujjat topshirish uchun barcha ma’lumotlar: shu yerda berilgan. Guideline boʻyicha oʻqishga ariza bering.

Grantga ariza berish. Grantga onlayn tarzda ariza beriladi. Arizani toʻldirib, dedlaynga qadar joʻnatish kerak.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.5 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar soʻralishi mumkin. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlagan kursingiz sahifasidan aniqlang.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga a’lo baholari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi, ijtimoiy faolligi, oʻqishga ishtiyoqi va yozgan arizasining sifati kabilarga asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: scholarship.applications@newcastle.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!