×

Buyuk Britaniya: bakalavr bosqichi uchun 5 000 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

30.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1593 marta

Buyuk Britaniyaning Brighton shahrida joylashgan University of Brihghton oliygohi bakalavr bosqichi (taught) uchun 2019-yilgi kurslarga qabul qilingan/qilinadigan talabalarni Brighton International Scholarships grant dasturiga hujjat topshirishga taklif etadi. Ushbu grant talaba xarajatlarini qisman qoplash uchun mo’ljallangan. Dasturga chet ellik iqtidorli, a’lochi talabalar ariza topshirishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabaga 1 o’quv yili mobaynida 5 000 funt sterling (taxminan 6 510 AQSh dollari) miqdoridagi mukofot beriladi. Grantlar faqat birinchi o’quv yili uchun beriladi.

Universitetda tahsil olish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

  1. Nomzod Buyuk Britaniya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod University of Brihghton oliygohining bakalavr (taught) bosqichiga kunduzgi tartibda (full time) o’qishga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzodning akademik ko’rsatkichlari (baholari) yaxshi bo’lishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  5. Nomzod oliygohda o’qishni endi boshlagan bo’lishi zarur (oliygohda allaqachon o’qiyotgan talabalarga grant ajratilmaydi).
  6. Nomzod to’lovlarning qolgan qismini o’zi to’lay olishi zarur.
  7. Grantlar boshqa to’liq stipendiya beradigan dastur go’liblariga berilmaydi.
  8. Grantlar faqat birinchi o’quv yili uchun ajratiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Brighton International Scholarships grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod avvalo University of Brighton oliygohining bakalavr kursiga qabul qilingan bo’lishi zarur. Oliygohga qabul qilingan talaba unga berilgan mahsus talabalik raqmi yoki UCAS ro’yxatdan o’tish raqamini internationalscholarships@brighton.ac.uk manziliga yuboradi. Email qabul qilingach, talabaga grant ma’muriyati tomonidan ariza shakli va kerakli hujjatlar ro’yxati jo’natiladi. Ariza va barcha talab qilingan hujjatlar 2019-yil 30-iyungacha taqdim etilishi lozim. Natijalar hujjat qabul qilinganidan 2-4 hafta o’tgach e’lon qilinadi.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlarning tahminiy ro’yxati:

  1. Ariza (tanlangan yo’nalishga qarab turlicha bo’lishi mumkin).
  2. O’rta maktab shahodatnomasi, litsey/kollej diplomi.
  3. Baholar/diplom ilovasi
  4. Til sertifikati. IELTS 6.0 ball va undan baland, har bir bo’limdan kamida 5 ball.
  5. Tavsiyanoma.
  6. Shaxsiy bayonot (Personal Statemant)
  7. Tanlangan yo’nalishga qarab qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Grant haqidagi batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Tel: 01273 644644

Fax: 01273 600900

Email: bursaries@brighton.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!