×

Buyuk Britaniya: Bakalavr bosqichi uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

30.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1499 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Robert Gordon University oliygohi Vice-Chancellor Undergraduate Scholarship  dasturi orqali  2019-yilgi bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchi talabalarga grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Robert Gordon Universityda o’qitiladigan bakalavr kurslari uchun ajratilgan. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan q’ollab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

Vice-Chancellor Undergraduate Scholarship mukofotini qo’lga kiritgan talabalar birinchi yoki ikkinchi bosqich shartnoma (kontrakt) to’lovidan butunlay ozod etiladi. Grant tarkibida turor –joy xarajatlarini qoplash ko’zda tutilmagan.

 Robert Gordon University dagi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod O’rta ta’lim bosqichini a’lo yoki yaxshi baholarga tugallagan bo’lishi lozim.
  • Nomzod Robert Gordon University oliygohi qabul talablariga to’liq javob berishi lozim, ya’ni ushbu unversitet bakalavr bosqichiga full time ga qabul qilingan bo’lishi kerak. Universitet bakalavr bosqichi qabul talablari haqida bu yerda to’liq ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.
  • Nomzod Robert Gordon University bakalavr bosqichiga shartnoma asosida qabul qilingan bo’lishi lozim.
  • Nomzod Vice-Chancellor Undergraduate Scholarship mukofotidan boshqa pul mukofotlari bilan taqdirlanmagan bo’lishi lozim.
  • Nomzod Ingliz tilini bilish darajasini belgilovchi IELTS 6 ball (har bir bo’limidan kamida 5.5 ball) yoki TOEFL 80 ball (har bo’limidan kamida 17 ball) topshirishlari lozim. Ingliz tili talablari haqida bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Robert Gordon University bakalavr bosqichiga muvaffaqiyatli  qabul qilingan talabalar, Vice-Chancellor Undergraduate Scholarship grant dasturiga hujjat topshirish uchun  alohida ARIZA to’ldirishlari kerak. To’ldirilgan ariza io@rgu.ac.uk  manziliga yuborlishi lozim.

Ariza to’ldirish jarayonida nomzoddan Statement of support (Bayonot) yozishlari so’raladi:

  • Statement of Support 500 so’zdan iborat bo’lishi lozim.
  • Mavzu Why I should be considered for the award? doirasida bo’lishi lozim.

Barcha taqdim etilgan arizalar hayat a’zolar tomonidan o’rganilib chiqiladi. Keyingi bosqichga o’tgan nomzodlar Skype yoki telefon orqali o’tkaziladigan intervyuga taklif qilinadi. Shundan so’ng 2019-yil 21-iyulda G’olib nomzodlar e’lon qilinadi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun international@rgu.ac.uk elektron manzili yoki +44 (0) 1224 262726 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!