×

Buyuk Britaniya: Bakalavriat bosqichi uchun 2 000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

16.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1688 marta

Buyuk Britaniyaning Glazgou shahrida joylashgan University of Strathclyde navbatdagi Faculty of Science Undergraduate Elite Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi Faculty of Sciencening 2019-yil sentabrda boshlanadigan bakalavriat bosqichlariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant uch-toʻrt yilgacha beriladi.

Grantlar Faculty of Sciencening tabiiy fanlar boʻyicha quyidagi kurs talabalariga beriladi:

  • Chemistry
  • Computer and information sciences
  • Mathematics and statistics
  • Pharmacy and biomedical sciences
  • Physics
  • Forensic science.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Strathclyde 2019-2020-oʻquv yiliga Faculty of Science bakalavriat kurslarida oʻqish toʻlovi kurslarga koʻra farq qiladi va kontrakt taxminan 18 950 funt sterlingni tashkil etadi. Toʻliq ma’lumot tanlangan kurs sahifasining “Fees&funding” boʻlimida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodga oʻqish muddati tugaguncha har yili kontraktdan 2 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Stipendiya dasturi faqat oʻqish pulini qisman qoplaydi. Yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2019-yil sentabr/oktabrdan Faculty of Sciencening yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirishi zarur.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Baholar kamida yaxshi/a`lo boʻlishi talab qilinadi.
  4. Nomzod attestat/kollej/litsey diplomini topshiradi. Hujjati universitet talabiga mos kelmagan talabalardan 1 yillik bakalavrda oʻqiganlik haqida hujjat yoki Foundation kursi diplomi soʻralishi mumkin.
  5. Agar nomzod boshqa universitetlarda talaba sifatida roʻyxatda turgan boʻlsa, oʻqishini Strathclyde Universityga koʻchirishi lozim.
  6. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Odatda IELTS kamida 6,5 boʻlishi kerak.

Barcha talablar haqida: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning 2019-yil sentabr/oktabrda boshlanadigan Faculty of Sciencening yuqoridagi roʻyxatda qayd etilgan bakalavriat kurslaridan birida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish muddati farq qilishi mumkin, aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan tekshiring. Oʻqishga taklifnomani olgandan keyin grantga alohida ariza berish lozim. Grantga dedlayn muddati 2019-yil 16-sentabrgacha.

Ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Universitet rasmiy saytining “International undergraduate” sahifasiga kiring.
  2. Fakultetlar roʻyxatidan “Science”ni tanlang.
  3. Sahifaning kurslar roʻyxatidan kerakli kursni tanlang.
  4. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasining “Entry requirements” qismida berilgan.
  5. Qanday qilib ariza berish haqidagi ma’lumotlarni sahifaning o`ng tarafidagi “Apply” bo`limidan batafsil oʻqib chiqing va ariza bering.
  6. Grantga ariza topshirish esa onlayn tarzda: shu yerda amalga oshiriladi.

Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Hujjati universitet talabiga mos kelmagan talabalardan 1 yillik bakalavrda oʻqiganlik haqida hujjat yoki Foundation kursi diplomi soʻralishi mumkin. Batafsil: shu yerda.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6,5 ball (barcha qismlardan kamida 5,5) yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Moliyaviy ahvolingiz yoki stipendiya/grant haqida maʼlumotnoma.
  • CV/resume.
  • Pasport nusxas
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Shuningdek, barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa fursat ichida eʼlon qilinadi.

Elektron pochta:  science-enquiries@strath.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!