×

Buyuk Britaniya: Bakalavriat bosqichi uchun 5000 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

30.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2628 marta

Angliyada joylashgan University of Exeter 2020-yil kuzda boshlanadigan bakalavriat kurslari uchun moʻljallangan 2020-yilgi Undergraduate Global Excellence Scholarship – College of Life & Environmental Sciences dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar universitetdagi College of Life & Environmental Sciences bakalavriat kurslariga qabul qilingan eng a’lochi talabalarga beriladi. Grant oʻqishga qabul uchun qaror chiqqach avtomatik tarzda belgilanadi. Grant dasturi yuqori potensialga ega iqtidorli va a’lochi talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan. Grant bir marta berilishi moʻljallangan. Grant quyidagi yoʻnalishlarda oʻqish uchun beriladi:

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet bakalavriat bosqichi kontrakt miqdorlari kurslarga qarab farq qiladi va 18,500 – 35 750 funt-sterlingni tashkil etadi. Aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan topasiz.

Undergraduate Global Excellence Scholarship – College of Life & Environmental Sciences grantini yutib olgan talabaga oʻqishning birinchi yili uchun kontraktdan 5000 funt sterling chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi kerak. Grant uchun baholar GCE A yoki AAB yoki shunga ekvivalent boʻlishi lozim.
  3. Nomzod Exeter univeristeti tarkibidagi College of Life & Environmental Sciencesning yuqorida koʻrsatilgan 2020-yil kuzdan boshlanadigan bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  5. Attestat/kollej/litsey diplomiga ega boʻlishi lozim.
  6. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga toʻliq javob berishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish shart emas, oʻqishga kirish uchun UCAS sayti orqali online ariza berish yetarli. Exeter universitetining koʻrsatilgan yoʻnalishdagi kurslariga hujjat topshirgan barcha nomzodlar avtomatik tarzda grant uchun nomzod hisoblanadi. Grantlar 2020-yilning 30-iyunga qadar belgilanadi. Grant yutib olish uchun ertaroq ariza bering.

Bakalavriat kurslariga hujjat topshirish:

  1. Shu yerdan sizni qiziqtirgan bakalavriat kursi haqidagi ma’lumotlar va qabul jarayoni bilan tanishib chiqing.
  2. Hujjat topshirish uchun talablar haqidagi toʻliq ma’lumot esa talablar sahifasida berilgan.
  3. Ingliz tili talablari sahifasida ingliz tili talablari koʻrsatilgan.
  4. Undan soʻng UCAS sayti orqali ariza bering. Arizaga kerakli hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. Attestat/Diplom va diplom ilovasi nusxasi. Grant uchun baholar GCE A yoki AAB yoki shunga ekvivalent boʻlishi kerak.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,5 boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: admissions-scholarships@exeter.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!