×

Buyuk Britaniya: Bakalavriat kurslarida oʻqish uchun 50 foizli grantlar!


Grant

MUHLAT

04.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1217 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan University of Sheffield bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchi talabalardan International Baccalaureate Undergraduate Merit Scholarships in 2020grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dasturning maqsadi iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hisoblanadi. Nomzodlar Medicine (A100/A101) va Dentistry (A200) yoʻnalishidan boshqa universitetda mavjud istalgan bakalavrlik dasturlaridan birini tanlashi mumkin. Ushbu grant 2020-yil sentabrdan Sheffield universitetida bakalavrlik bosqichida oʻqishni boshlovchilar uchun taqdim etiladi.

Ushbu grant 2020-yil sentabrdan oʻqishni boshlovchi 5 nafar talabaga taqdim etiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritgan talabalar 4 yil davomida kontrakt summasining 50 foizini toʻlashdan ozod etiladi. Biroq suhbu grant keyingi yillarda ham amal qilishi uchun talaba yaxshi oʻqishi lozim boʻladi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontrakt pulining qolgan qismi va yashash xarajatlarini nomzodning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Yevropa Ittifoqi takibiga kirmaydigan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Nomzod oʻzi tanlagan bakalarvlik yoʻnalishiga qabul qilish shartlariga mos boʻlishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Nomzoddan ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS/TOEFL) talab etiladi. IELTS/TOEFL ga qoʻyilgan talab yoʻnalishlarga qarab farq qilishi mumkin. Aksariyat yoʻnalishlar uchun IELTS minimum 6.0 va hech qaysi 5.5 dan past boʻlmasligi kerak.
  4. Grant faqat 2020-yil sentabrdan oʻqishni boshlovchilarga taqdim etiladi.
  5. Nomzod oʻqishga kontrakt asosida qabul qilingan boʻlishi/qilinishi kerak.
  6. Quyidagi grantlardan birini qoʻlga kiritgan talabalar ushbu grant dasturini ololmaydi:

– International Undergraduate Scholarship 2020

– International Undergraduate Merit Scholarship 2020

– GEMS International Merit Scholarship 2020

– NCUK Undergraduate Merit Scholarship 2020

– NCUK Undergraduate Scholarship 2020

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish jarayoni onlayn tarzda amalga oshiriladi. Talaba dastlab oʻziga mos bakalavriat dasturlaridan birini tanlashi, unga kerakli hujjatlarni tayyorlashi va topshirishi kerak. Bakalavrlik dastur;aridan biriga hujjat topshirayotganda grant uchun ham MUSE platformasi orqali ariza topshiriladi.

Muhim sanalar:

  • MUSE platformasi orqali bakalavrlik kursiga imkon qadar ertaroq ariza topshirish lozim.
  • Nomzod 2020-yilning 19-apreligacha oʻzi hujjat topshirgan bakalavrlik dasturiga qabul qilinishi kerak.
  • Grant dasturiga arizani talaba 2020-yil 4-maygacha onlayn tarzda toʻldirib, topshirishi kerak.
  • Natijalar 2020-yilning 31-may kuni Buyuk Britaniya vaqti bilan soat 16:00 da e’lon qilinadi.

Ushbu grant bilan shu yerda batafsil tanishing.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!