×

Buyuk Britaniya: Bakalavriat bosqichi uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

31.12.2019

QOLGAN VAQT

43 kun

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

547 marta

Angliyaning Gilford shahrida joylashgan University of Surrey navbatdagi Surrey Electrical and Electronic Engineering (EEE) Merit Scholarship 2019 entry dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning Surrey Electrical and Electronic Engineering (EEE) yoʻnalishidagi bakalavriat bosqichi 1-kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir yilga beriladi. Grantga nomzod a’lochi va salohiyatli, akademik yutuqlarga erishgan boʻlishi lozim. Grant quyidagi kurslar uchun taallqli:

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish toʻlovi bakalavriat kurslarida tanlangan kursga qarab farq qiladi va taxminan 21 000 funt-sterlingni tashkil etadi. Toʻliq ma’lumot tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodga kontraktdan 2 000 funt-sterling chegirma qilinadi va Surrey Sports Parkga 1 yillik a’zolik badalini qoplab beriladi.

Stipendiya dasturi faqat oʻqish pulini qisman qoplaydi. Yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2020-yilda boshlanadigan yuqorida koʻrsatilgan muhandislik bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirishi zarur.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Grant uchun a’lo, ya’ni Honors daraja talab qilinadi.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Odatda IELTS kamida 6,0 boʻlishi kerak.
  5. Nomzod attestat/kollej/litsey diplomini topshiradi. Hujjati universitet talabiga mos kelmagan talabalardan 1 yillik bakalavrda oʻqiganlik haqida hujjat yoki Foundation Year diplomi soʻralishi mumkin.
  6. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.

Barcha talablar haqida: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning bakalavriat kurslaridan birida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Oʻqishga dedlayn muddati 2020-yil 15-yanvar. Ammo grant yutishni istagan talabalar 2019-yil 31-dekabrgacha hujjat topshirishlari zarur.

Ariza topshirish uchun quyidgilar amalga oshiriladi:

  1. How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
  2. Kurslar roʻyxatidan yuqorida koʻrsatilgan va mos keladigan kursni tanlang.
  3. UCAS tizimi orqali ariza bering.
  4. Ariza koʻrib chiqilishi uchun 100 funt-sterling badal toʻlang.

Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Baholar Honors/A daraja boʻlishi lozim.
  • Nomzod attestat/kollej/litsey diplomini topshiradi. Hujjati universitet talabiga mos kelmagan talabalardan 1 yillik bakalavrda oʻqiganlik haqida hujjat yoki Foundation kursi diplomi soʻralishi mumkin.
  • Ingliz tilidan IELTS/TOEFL sertifikati. IELTS kamida 6,0 boʻlishi kerak.
  • Moliyaviy ahvolingiz yoki stipendiya/grant haqida maʼlumotnoma.
  • Pasport nusxas
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Shuningdek, barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa fursat ichida eʼlon qilinadi.

Elektron pochta: bursariesandscholarships@surrey.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!