Angliyaning London shahrida joylashgan Brunel University London bakalavriat va magistratura kurslari uchun mo’ljallangan College of Engineering, Design & Physical Sciences (CEDPS) Academic Excellence Scholarshipdasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitet tarkibidagi College of Engineering, Design & Physical Sciencesga oʻqishga kirgan barcha bakalavriat kurslarining a’lochi talabalari uchun tashkil etilgan. Grant uch-toʻrt yilgacha berilishi moʻljallangan boʻlib, cheklanmagan sonli talabalarga berilishi mumkin.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Universitetda oʻqish uchun chet ellik talaba bakalavriat bosqichiga bir yilga taxminan 9,250 – 18 720 funt-sterling kontrakt toʻlaydi.
Grant yutib olgan talabalarga 3-4 yilgacha kontrakt pulidan har yilga 2 000 funt sterlingdan jami 6 000-8 000 funt sterlingchegirma qilinadi. Toʻrtinchi yilga stipendiya faqat Sandwich opsiyasi bilan oʻqiyotgan talabalarga beriladi.
Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak. Bakalavr bosqichi talabalari stipendiya muddatini har yili uzaytirishlari kerak, buning uchun oʻrnatilgan tartibda a’lo baholarga oʻqishlari lozim boʻladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
- Nomzod universitet tarkibidagi College of Engineering, Design & Physical Sciencesga bakalavriat kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi zarur.
- Nomzod attestat/kollej/litsey/ diplomiga ega bo’lishi lozim.
- Nomzod a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak. Grant uchun baholar GCE AAB yoki shunga ekvivalent boʻlishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,0 ball talab qilinadi.
- Boshqa stipendiyalarni olayotganlar ariza bera olmaydi.
- Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga to’liq javob berishi kerak.
- Nomzod 3000 funt-sterling deposit toʻlovini toʻlashi kerak.
Barcha talab va cheklovlar haqida batafsil: bu yerda tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitet tarkibidagi College of Engineering, Design & Physical Sciencesga bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Hujjat topshirish uchun dedlayn 30-iyungcha. Qabul komissiyasi mos keladigan nomzodlarni avtomatik tarzda tanlab oladi.
Oʻqishga hujjat topshirish
- Bakalavriat yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish haqida batafsil: bu yerda ma’lumotga ega boʻlasiz.
- Oʻqishga hujjat topshirish UCAS tizimi orqali amalga oshiriladi.
- Kirish talablari davlatlarga koʻra farq qiladi. Universitet roʻyxatida Oʻzbekiston koʻrsatilmagan, shuning uchun talablarni aniqlash international-admissions@brunel.ac.uk manzili yoki 44 (0)1895 265265 raqamidan aniqlanadi.
Hujjatlarning taxminiy tarkibi:
- Onlayn toʻldirilgan ariza.
- Attestat/Diplom va diplom ilovasi nusxasi. Grant uchun baholar a’lo, ya’ni A yoki 2:1 yoki shunga ekvivalent boʻlishi kerak.
- Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,0 boʻlishi kerak.
- Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha ACT/SAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
- Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin. chunki kontraktning qolgan qismi va yashash xarajatlarini talaba oʻzi toʻlay olishi kerak.
- Viza haqida ma’lumotnoma soʻraladi.
Grant boʻyicha toʻliq ma’lumot bilan: bu yer orqali tanishish mumkin.
Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.
Natijalar 2019-yil 1-sentabrhacha elektron pochta orqali xabar qilinadi.
Maʻlumot uchun: scholarships@brunel.ac.uk