×

Buyuk Britaniya: Bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun 15 000 funt-sterlinggacha grantlar; joy – 100ta!


Grant

MUHLAT

30.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2392 marta

Angliyaning Xeslington shahrida joylashgan University of York 2020-2021-oʻquv yili uchun Academic Excellence scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar 2020-yil sentyabr oyidan boshlanadigan bakalavriat va magistratura bosqichlarida oʻqishni xohlagan talabalarga moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichlarida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba uchun universitetda oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 17 000- 21 400 funt-sterlingni tashkil etadi.

Grantlardan birini yutib olgan nomzodga kontraktdan 2 5000 dan 15 000 funt-sterlinggacha chegirma qilinadi.

Ya’ni:

  1. Worldwide: Vice-Chancellor’s Postgraduate Scholarships. Grant universitetning magistraturada yoʻnalishlariga oʻqishga kirgan talabalarga bir yil muddatga 5 000 funt-sterling pul ajratadi. Grant Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan davlatlar vakillariga (oʻzbekistonliklar ariza bera oladi) tegishli.
  2. Worldwide: Vice-Chancellor’s Undergraduate Scholarships. Bakalavriat kurslarida oʻqish istagida boʻlgan bilimli va aʼlochi talabalarga 15 000 funt-sterlinggacha mablagʻ beriladi.

Grant oʻqish pulini qisman qoplaydi, kontraktning qolgan qismini talaba oʻzi toʻlashi kerak. Shuningdek, turar joy, oʻquv qurollari, ovqatlanish, tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarni ham talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar vakillari ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod 2020-yil 30-aprelgacha universitetga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod chet ellik talabalar toʻlashi kerak boʻlgan toʻlovlarni 30-aprelgacha toʻlab boʻlishi kerak.
  4. Nomzod universitet bakalavriat yoki magistratura kurslaridan biriga kunduzgi shaklda oʻqishi kerak.
  5. Nomzod a’lochi boʻlishi lozim. Bakalavriat uchun AAA yoki 36 ball International Baccalaureate yoki ekvivalent, magistratura uchun esa first class degree yoki shunga teng daraja talab qilinadi.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  7. Grantlarga Hull York Medical School, International Pathway College, Kaplan International College London, GEMMA, CASPPER, Mundus MAPP va masofaviy taʼlim kurslari talabalari ariza bera olmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlarga arizalar 2020-yil 24-fevraldan 30-aprelgacha qabul qilinadi. Ammo universitetga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish dedlayni bakalavr bosqichiga 15-maygacha, magistraturaga esa 15-iyungacha. Shuning uchun, hujjatlarni ancha erta tayyorlab, oʻqishga topshirishga toʻgʻri keladi. Demak, Dastlab universitetga oʻqishga kirish uchun onlayn tarzda ariza berish kerak. Keyin esa grantga alohida ariza topshiriladi.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Avval universitet veb-sahifasidan International boʻlimiga kiring.
  2. Kerakli kurs va bosqichni tanlang.
  3. Sahifada kurs haqida toʻliq maʼlumot berilgan. Batafsil oʻqib chiqing
  4. Apply for this course orqali roʻyxatdan oʻtib, ariza toʻldiring.
  5. Soʻralgan hujjatlarni arizaga ilova qilib, joʻnating.
  6. Grantga ariza berish. Grantga ariza onlayn tarzda toʻldiriladi. Ariza shakli universitet platformasida 24-fevraldan mavjud boʻladi. Keyin soʻralgan hujjatlarni yuklab, joʻnatiladi.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. Attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomi, diplom ilovasi nusxalari. Odatda baholar kamida 100 % dan 90% boʻlishi talab qilinadi.
  3. Pasport nusxasi.
  4. GCSEs Mathematics grade, GRE, GMAT kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Ingliz tili sertifikati. Ingliz tili sertifikati tanlangan kurs va bosqichga qarab farq qiladi. Talab qilinadigan darajani tanlagan kurs sahifasidan aniqlash kerak. Kamida IELTS 6.5 (CAE yoki CPE) talab qilinadi.
  6. Tadqiqot loyihasi/rejasi (magistraturaga oʻqishga hujjat topshirayotgan nomzodlardan soʻraladi).
  7. Agar talab qilinsa esse yozib joʻnatiladi. Bu haqida kurs sahifasi oxirida koʻrsatilgan manzildan aniqlash kerak.

Barcha hujjatlar ingliz tilida topshiriladi. Rasmiy hujjatlar esa inglizchaga tarjima qilingan holda notarial tasdiqlatib joʻnatiladi. Topshiriladigan hujjatlar tarkibi tanlangan kurs va bosqichga qarab farq qiladi. Shuning uchun avval kurs sehifasida berilgan maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Nomzodlarni saralash ularning aʼlo baholari va akademik yutuqlari, tajribasi, ilmiy salohiyati, moliyaviy yordamga muhtojligi, qaysi davlat fuqarosi ekanligiga koʻra amalga oshiriladi.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar 2020-yil may oyida eʼlon qilinadi.

Murojaat uchun: international@york.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!