×

Buyuk Britaniya: Bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun 50 foizli grantlar


Grant

MUHLAT

01.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1793 marta

Sheffield Hallam Universiteti Buyuk Britaniyaning 163 Oliy Ta’lim Muassasalari ichida eng yirik 4-OTM hisoblanadi. Universitet nufuzli oliygohlardan boʻlib, chet ellik talabalarning oʻqishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida turli grant dasturlari e’lon qilib keladi. Shu universitetning Transform Together Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Sheffield Hallam universitetida 2021-yil yanvarda boshlanadigan bakalavr va magistratura kurslari uchun ajratilgan va chet ellik iqtidorli talabalarga beriladi. Universitetda oʻqitiladigan kurslar bilan shu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichlarida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant taqdim etilgan talabaning oʻqish kontrakt toʻloviga 50% chegirma qilinadi. Magistratura kurslari 1 yil boʻlgani uchun magistratura talabalariga 1 marta grant beriladi, bakalavr bosqichi talabalariga esa grant har yili beriladi. Grant olishda davom etish uchun talaba oʻzini namunali tutishi va yaxshi oʻqishi kerak boʻladi. Kontrakt toʻlovi haqida.

Grant oʻqish pulini qisman qoplaydi, kontraktning qolgan qismini talaba oʻzi toʻlashi kerak. Shuningdek, turar joy, oʻquv qurollari, ovqatlanish, tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarni ham talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Buyuk Britaniya fuqarosi boʻlmasligi va oʻqishga toʻlov-shartnoma asosida qabul qilingan boʻlishi kerak.
  2. Nomzod qabul qilingan bakalavr yoki magistratura kursi 2020-yil yanvarda boshlanishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Til bilish darajasiga qoʻyilgan talablar shu yerda.
  4. Nomzod a’lochi boʻlishi va akademik va shaxsiy yutuqlarga erishgan boʻlishi zarur. Magistraturaga qabul qilingan nomzod bakalavr kursida kamida “4” ga oʻqigan boʻlishi zarur.
  5. Nomzod kontraktning qolgan qismi va boshqa xarajatlarni qoplash imkoniga ega boʻlishi kerak.
  6. Nomzod toʻliq stavka asosida oʻqitiladigan kursga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  7. Graduate Certificate International Pre-Masters kurslari va International Foundation Programme kurslari talabalariga grant berilmaydi.
  8. Boshqa manbadan moddiy ta’minot oladigan talabalarga grant berilmaydi.

Bakalavr kurslariga qabul uchun umumiy talablar:

  1. Nomzod yuqori maktabni tamomlagan boʻlishi kerak.
  2. Nomzod oliy ta’limgacha oʻqitiladigan 13 yillik oliy ta’lim olgan boʻlishi kerak. Bu talabga mos emas nomzodlar International Foundation Programme tayyorlov kursiga oʻqishga kirib, avval shu kursni tamomlashlari kerak boʻladi. Bu kursga qabul uchun IELTS’dan 4.5 kifoya toʻplash kifoya (har bir qismidan kamida 4 ball bilan).
  3. Bakalavr kursiga qabul uchun nomzod ingliz tilini kamida B2 darajasida bilishi shart (bu taxminan IELTS 6-6.5 va shunga teng boshqa sertifikatlar bilan isbotlanadi).

Magistraturaga qabul uchun umumiy talablar:

  1. Nomzod bakalavr kursini yaxshi baholarga tugatgan boʻlishi kerak.
  2. Nomzodning bakalavr va magistratura yoʻnalishlari bir-biriga mos boʻlishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirishdan oldin kursga ariza berish kerak. Kursga arizalar tez koʻrib chiqilib, natijalar e’lon qilinadi. Talabalikka tavsiya etilib, oʻqish taklifini qabul qilganingizdan soʻng ariza toʻldirish kerak. Nomzod bakalavr kursi yoki yuqori maktabdagi baholarini ham taqdim etishi zarur, buning uchun baholarni globalscholarshiptranscripts@shu.ac.uk elektron manziliga joʻnatish kerak. Yuqoridagilarning barchasi 2020-yil 1-noyabrgacha amalga oshirilishi kerak.

Kursga hujjat topshirish

International Foundation Programme kursi

Bakalavr kursiga toʻgʻridan-toʻgʻri hujjat topshirishingiz mumkin yoki yoʻqligini elektron manziliga xat yuborib aniqlashtirib oling. Agar International Foundation Programme dasturiga kirish kerak boʻlsa, ariza toʻldirib, ifp@shu.ac.uk manzilga joʻnatish kerak. Foundation dasturlari bakalavr kurslari yoʻnalishlariga moslangan boʻladi, shuning uchun bakalavr kursida qaysi yoʻnalishda oʻqishingizga qarab 3 xil Foundation dasturlaridan –

  1. International Foundation Programme in Art, Design and Media.
  2. International Foundation Programme in Business, Law and Social Sciences.
  3. International Foundation Programme in Science, Technology, Engineering and Maths (STEM).

birini tanlaysiz. Arizada keyinchalik qaysi bakalavr kursiga hujjat topshirishingizni ham koʻrsatib oʻtish kerak.

Bakalavr kursi

Bakalavr kursiga hujjatlar shu yerda qabul qilinadi. Agar umumiy portaldan foydalanmay, Sheffield Hallam Universitetiga toʻgʻridan-toʻgʻri ariza bermoqchi boʻlsangiz, internationaladmissions@shu.ac.uk manziliga murojaat qilib ariza formasini olishingiz mumkin.

Magistratura kursi

Magistraturaga hujjat topshirish uchun shu yerdagi kurslar roʻyxatidan oʻzingizga kerakli kursni topib, shu kurs sahifasi ichida joylashgan tugma orqali ariza berish kerak.

Qoʻshimcha ma’lumot uchun savol-javoblar bilan tanishishingiz mumkin.

Murojaat uchun: internationaladmissions@shu.ac.uk; globalscholarshiptranscripts@shu.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!