×

Buyuk Britaniya: Bakalavriat va magistratura uchun 18 000 funt-sterlinggacha grant; joy – 130 ta


Grant

MUHLAT

31.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2403 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan Brunel University London bakalavriat va magistratura kurslari uchun mo’ljallangan International Excellence Scholarship 2019/20 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant uch yilgacha berilishi moʻljallangan. Grantlar universitetning barcha bakalavriat va magistratura kurslarining a’lochi talabalarini moliyaviy ragʻbatlantirish uchun tashkil etilgan. Grant 130 nafar talabaga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura bosqichlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish uchun chet ellik talaba bakalavriat bosqichiga bir yilga taxminan 9,250, magistratura va doktoranturaga esa 15 400 – 18 720 funt-sterling kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan 130 nafar talaba: 110 nafar sentabr oyida va 20 nafar 2020-yil yanvar oyida oʻishni boshlagan talabalar uchun:

  1. Bakalavriat talabalari uchun kontraktdan uch yilga 18 000 funt sterling (har yiliga 6 000 funt sterling) chegirma qilinadi.
  2. Magistratura (postgraduate) talabalariga esa bir yilga 6 000 funt sterling chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak. Bakalavr bosqichi talabalari stipendiya muddatini har yili uzaytirishlari kerak, buning uchun oʻrnatilgan tartibda a’lo baholarga oʻqishlari lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod univeristetning 2019-yil sentabr yoki 2020-yil yanvar oyida boshlanadigan istalgan bakalavriat yoki magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi zarur.
  3. Nomzod attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomiga ega bo’lishi lozim.
  4. Nomzod a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak. Grant uchun baholar GCE A/ 2:1 yoki shunga ekvivalent boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,0-7,0 ball talab qilinadi.
  6. Boshqa stipendiyalarni olayotganlar ariza bera olmaydi.
  7. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga to’liq javob berishi kerak.
  8. Nomzod 3000 funt-sterling deposit toʻlovini toʻlashi kerak.

Barcha talab va cheklovlar haqida batafsil: shu yerda tanishing

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetening istalgan bakalavriat va magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish lozim. Grantga hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlari turlicha:

  • Sentabrda boshlanadigan kurslar uchun 2019-yilning 31-iyulga qadar.
  • 2020-yil yanvarda boshlanadigan kurslar uchun 2019-yil 9-dekabrgacha.
  • Oʻqishga hujjat topshirish esa 30-iyungacha. Grant yutib olishni istagan talabalar ertaroq ariza berishlari kerak boʻladi.

Oʻqishga hujjat topshirish

  1. Bakalavriat yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish haqida batafsil: shu yerda ma’lumotga ega boʻlasiz.
  2. Magistraturaga hujjat berish haqida esa: shu yerda.
  3. Oʻqishga hujjat topshirish UCAS tizimi orqali amalga oshiriladi.
  4. Kirish talablari davlatlarga koʻra farq qiladi. Universitet roʻyxatida Oʻzbekiston koʻrsatilmagan, shuning uchun talablarni aniqlash international-admissions@brunel.ac.uk manzili yoki 44 (0)1895 265265 raqamidan aniqlanadi.

Grantga ariza berish. Ariza shaklini onlayn tarzda toʻldirib, 16-iyungacha joʻnatish kerak.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Onlayn toʻldirilgan ariza.
  2. Attestat/Diplom va diplom ilovasi nusxasi. Grant uchun baholar a’lo, ya’ni A yoki 2:1 yoki shunga ekvivalent boʻlishi kerak.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,0-7,0 boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha ACT/SAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan 4 hafta oʻtib elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: scholarships@brunel.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!