×

Buyuk Britaniya: Bakalavriat va magistratura kurslari uchun uchun 50 foizgacha grantlar


Grant

MUHLAT

12.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1542 marta

Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida joylashgan Nottingham Trent University bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun bir qancha grantlar taqdim etadi. Ushbu grantlardan maqsad – iqtidorli talabalarni iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Nottingham Trent University bakalavriat kurslarida oʻqish 14 500, magistratura kursining bir yillik oʻqish haqi bir yil uchun taxminan 16 400 – 19 000 funt-sterling.

  1. Postgraduate scholarships for international and EU students. 2020-yil kuzda boshlanadigan kunduzgi magistratura yoʻnalishlarining barcha chet ellik ishtirokchilari uchun moʻljallangan boʻlib, odatda talabaning oʻqish pulini qisman: 25% yoki 50%
  2. Undergraduate scholarships for international students. Ushbu grant 2020-yil kuzda boshlanadigan kunduzgi bakalavriat yoʻnalishlarining barcha chet ellik ishtirokchilari uchun moʻljallangan boʻlib, talabani 2 000 funt-sterling pul mablagʻi bilan taʼminlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. YeIga kiradigan va kirmaydigan barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod attestat/kollej/litsey/bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak. Bu hujjatga talablar Buyuk Britaniya baholash tizimiga mos kelish-kelmasligi universitetning davlatlar sahifasida tekshirib olinishi kerak. Oʻzbekiston bu roʻyxatga kitirilmaganligi uchun, bu haqida aniqlashtirish uchun Xalqaro Rivojlanish Byurosiga murojaat qilinadi.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Grant uchun IELTS 6,0-6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 5,5) ball talab qilinadi.
  4. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Grantga first class yoki honors baholar kerak boʻlishi mumkin.
  5. Aniq fanlar boʻyicha kurslarga hujjat topshirgan nomzoddan GMAT/GRE/GCSEs sertifikatlari soʻraladi.

Topshiriladigan hujjatlar tanlangan yoʻnalishlarga koʻra farq qiladi. Chet ellik taabgorlar uchun barcha talablar haqida: shu yerda tanishish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 12-fevral, 18-mart, 13-may va 24-iyunga qadar qabul qilinadi.

Ariza onlayn shaklda: shu yerda toʻldiriladi va international@ntu.ac.uk elektron pochtasiga joʻnatiladi.

Kerakli hujjatlar (taxminan):

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. CV/resume.
  3. Kollej/litsey/foundation/Bakalavr diplomi va ilovasi.
  4. Ingliz tili sertifikati.
  5. Tavsiyanoma.
  6. Research proposal soʻralishi mumkin.
  7. GRE/GMAT sertfifkatlari soʻralishi mumkin.

Natijalar 2020-yilning yozida eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: international@ntu.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!