×

Buyuk Britaniya: Bakalavriat va magistratura uchun 18 000 funt-sterlinggacha grant; joy – 60ta!


Grant

MUHLAT

30.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

6976 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan Brunel University London bakalavriat va magistratura kurslari uchun mo’ljallangan International Excellence Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant uch yilgacha berilishi moʻljallangan. Grantlar universitetning barcha bakalavriat va magistratura kurslarining a’lochi talabalarini moliyaviy ragʻbatlantirish uchun tashkil etilgan. Grant 2021-yil sentyabr va 2022-yil yanvar oyidan oʻqishni boshlaydigan jami 60 nafar talabaga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish uchun chet ellik talaba bakalavriat bosqichiga bir yilga taxminan 9 250, magistratura va doktoranturaga esa 15 400 – 18 720 funt-sterling kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan 60 nafar talaba uchun:

  1. Bakalavriat talabalari uchun kontraktdan uch yilga 18 000 funt sterling (har yiliga 6 000 funt sterling) chegirma qilinadi.
  2. Magistratura (postgraduate) talabalariga esa bir yilga 6 000 funt sterling chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak. Bakalavr bosqichi talabalari stipendiya muddatini har yili uzaytirishlari kerak, buning uchun oʻrnatilgan tartibda a’lo baholarga oʻqishlari lozim boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod univeristetning 2021-yil sentyabr oyida boshlanadigan istalgan bakalavriat yoki magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi zarur. 2022-yil yanvar uchun qabul yozda ochiladi.
  3. Nomzod attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomiga ega bo’lishi lozim.
  4. Nomzod a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak. Grant uchun baholar GCE A/ 2:1 yoki shunga ekvivalent boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,0-7,0 ball talab qilinadi.
  6. Boshqa stipendiyalarni olayotganlar ariza bera olmaydi.
  7. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga to’liq javob berishi kerak.
  8. Nomzod 3 000 funt-sterling deposit toʻlovini toʻlashi kerak.

Barcha talab va cheklovlar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetening istalgan bakalavriat va magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish lozim. 2021-yil sentyabrda boshlanadigan kurslar uchun 2021-yil 30-iyungacha hujjat topshirish mumkin. Grant yutib olish uchun hujjatlarni ertaroq topshirish zarur.

Oʻqishga hujjat topshirish

  1. Bakalavriat yoʻnalishlariga oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish haqida batafsil: shu yerda ma’lumotga ega boʻlasiz.
  2. Magistraturaga hujjat topshirish haqida batafsil: shu yerda tanishing.
  3. Oʻqishga hujjat topshirish UCAS tizimi orqali amalga oshiriladi.
  4. Kirish talablari davlatlarga koʻra farq qiladi. Universitet roʻyxatida Oʻzberkiston koʻrsatilmagan, shuning uchun talablarni aniqlash international-admissions@brunel.ac.uk manzili yoki 44 (0)1895 265265 raqamidan aniqlanadi.

Grantga ariza berish. Ariza shaklini onlayn tarzda toʻldirib, 30-uyungacha joʻnatish kerak.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Onlayn toʻldirilgan ariza.
  2. Attestat/Diplom va diplom ilovasi nusxasi. Grant uchun baholar a’lo, ya’ni A yoki 2:1 yoki shunga ekvivalent boʻlishi kerak.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,0-7,0 boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha ACT/SAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Maʻlumot uchun: scholarships@brunel.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!