Buyuk Britaniyada joylashgan BPP University bakalavriat va magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat va magistratura bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant uchun ajratilgan summa miqdori 18 ming funt sterlingni tashkil qiladi. Ushbu grant faqat 2018-2019-o’quv yili uchun mo’ljallangan. Bu summa 1ta nomzodga ham, 2-3ta nomzodga ham berilishi mumkin (2-3ta nomzodga berilganda taqsimlanadi). Nechta nomzodga berilishi topshirilgan hujjatlardagi ko’rsatkichlarga qarab belgilanadi.
Talablar:
Grantni qo’lga kiritish uchun nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:
- Nomzod BPP universitetida mavjud bo’lgan quyudagi bakalavrlik yoki magistrlik yo’nalishlardan biriga hujjat topshirishi kerak:
– BSc (Hons) Accounting and Finance
– MSc Management
– MSc Management with Finance
– MSc Management with Project Management
– International MBA
– MSc Accounting and Finance - Nomzod o’zi tanlagan yo’nalishga qabul qilish talablariga javob berishi kerak.
- Fanlardan o’zlashtirish darajasi a’lo imkon qadar yuqori bo’lishi kerak.
- Tanlagan yo’nalishi bo’yicha kelajakda ishlash niyati bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga hujjatlarni topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Onlayn ariza to’ldiring.
- CV yuklang.
- 500 so’zdan oshmagan insho bilan tanlagan sohangizga va grantga munosib ekanligingizni izohlang