×

Buyuk Britaniya: Bakalavriat va magistraturada o’qish uchun grant dasturi


Grant

MUHLAT

01.11.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

6470 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Sheffield Hallam University bakalavriat va undan keyingi bosqichlar uchun ajratilgan “Transform Together” qisman grant dasturiga talabalardan arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant dasturidan asosiy maqsad Sheffield Hallam universitetida turli mamlakatlardan kelib tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Grantlar universitetdagi istalgan bakalavr va magistratura kursi uchun berilishi mumkin, kurslar haqida batafsil ma’lumot uchun bu yerga bosing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Agar talaba grantga loyiq topilsa, unga har yili o’qish kontraktining 50% qismini qoplash miqdorida moddiy mablag’ ajratiladi. Sheffield Hallam universitetida xalqaro talabalar uchun (Yevropa Ittifoqidan kelgan talabalar uchun kontraktlar boshqacha, ular bu maqolaga kiritilmadi) bakalavriat kurslari uchun yiliga 12750 funt sterling, magistratura uchun esa 13250-15400 funt sterling kontrakt to’lanadi. Kontrakt summalari bilan batafsil bu yerda tanishing.

Talablar:

Transform Together grant dasturida 2019-yil yanvarda boshlanadigan bakalavr yoki undan keyingi bosqich kurslaridan birida o’qish boshlayotgan chet ellik talabalar qatnasha oladi. Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishsa, nomzodlari grant uchun ko’rib chiqiladi:

  1. Nomzod Buyuk Britaniya fuqarosi bo’lmasligi va u yerda yashamasligi shart.
  2. Nomzodlar Yevropa Ittifoqi yoki dunyoning boshqa hududlaridan bo’lishlari va Sheffield Hallam universitetiga kontraktga, to’liq stavka asosida o’qishga qabul qilingan bo’lishlari zarur.
  3. Magistratura talabalaridan balakavr bosqichida kamida 2.1 natija qayd etganlik (100 ballik tizimda 60-69 ball, lekin imkon qadar yuqori bo’lsa, yaxshiroq), o’zlari qabul qilingan kursning ingliz tilini bilish bo’yicha qo’yilgan talablarini to’liq qanoatlantirish hamda qabul uchun boshqa talablarga ham javob berish talab etiladi.
  4. Bakalavriat bosqichi talabalari esa o’zlari qabul qilingan kursning ingliz tilini bilish darajasi talablarini qanoatlantirganlik va qabul uchun qo’yilgan boshqa talablarga ham javob berish so’raladi. Grant yutib olgan talaba kursning keyingi yillarida ham grant qabul qilish uchun har yili keyingi bosqichga muvaffaqqiyatli o’tishi shart.
  5. Nomzod kontraktning qolgan 50% qismini to’lay olishi kerak va buni ko’rsata olishi zarur.
  6. Nomzod boshqa hech qanday manbadan moddiy ko’mak olmayotgan bo’lishi kerak.
  7. Buyuk Britaniyadan tashqarida joylashgan filiallarga qabul qilingan talabalar grant uchun da’vogarlik qilishlari mumkin emas.
  8. Eslatma: magistratura va bakalavriat kurslariga qabul uchun ingliz tilini bilish darajasi kamida IELTS 6.0 bo’lishi kerak. Ba’zi kurslar yuqoriroq ball talab qilishi ham mumkin. Aniq ma’lumot uchun sizni qiziqtirgan kurs talablari bilan tanishib chiqing.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Nomzod Sheffield Hallam Universitetiga o’qishga ariza beradi.
  2. Universitet uni qabul qilsa, keyin Transform Together granti uchun onlayn ariza to’ldiradi.
  3. Nomzodning baholari ko’rsatilgan hujjat 2018-yil 1-noyabrdan kechiktirilmay  globalscholarshiptranscripts@shu.ac.uk elektron manziliga jo’natiladi. Bu grant a’lochi talabalarga yo’naltirilgan, shuning uchun hujjat topshirishda baholar so’raladi.

Ma’lumot uchun ushbu savol-javoblarni ko’rib chiqing, agar savollaringiz bo’lsa, bu yer orqali universitetning mas’ul bo’limiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!