×

Buyuk Britaniya: Bakalavriat va magistraturada oʻqish uchun qisman grant!


Grant

MUHLAT

17.05.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3463 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Sheffield universiteti (University of Sheffield) bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqsihni xohlovchi xorijiy talabalardan NCUK Merit Scholarship 2021 grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur maqsadi iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hisoblanadi. Ushbu grant 2021-yil sentyabrdan Sheffield universitetida bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni boshlovchilar uchun taqdim etiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritgan talabalar 24 yil davomida kontrakt summasining 50 foizini toʻlashdan ozod etiladi. Biroq suhbu grant keyingi yillarda ham amal qilishi uchun talaba yaxshi oʻqishi lozim boʻladi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontrakt pulining qolgan qismi va yashash xarajatlarini nomzodning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Yevropa Ittifoqi takibiga kirmaydigan davlatlardan birining fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Nomzod oʻzi tanlagan bakalarvlik yoʻnalishiga yoki magistraturaga qabul qilish shartlariga mos boʻlishi kerak.
  3. Nomzodlar Medicine (A100/A101) va Dentistry (A200) yoʻnalishidan boshqa universitetda mavjud istalgan bakalavrlik yoki Postgraduate Diploma (PGDip) va Postgraduate Certificate (PGCert)dan boshqa magistratura dasturlaridan birini tanlashi mumkin.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Nomzoddan ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS/TOEFL) talab etiladi. IELTS/TOEFL ga qoʻyilgan talab yoʻnalishlarga qarab farq qilishi mumkin. Aksariyat yoʻnalishlar uchun IELTS minimum 6.0 va hech qaysi 5.5 dan past boʻlmasligi kerak.
  5. Grant faqat 2021-yil sentyabrdan oʻqishni boshlovchilarga taqdim etiladi.
  6. Nomzod oq’ishga kontrakt asosida qabul qilingan boʻlishi/qilinishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish jarayoni onlayn tarzda amalga oshiriladi. Talaba dastlab oʻziga mos bakalavriat yoki magistratura dasturlaridan birini tanlashi, unga kerakli hujjatlarni tayyorlashi va topshirishi kerak. Bakalavrlik dastur;aridan biriga hujjat topshirayotganda grant uchun ham UCAS platformasi orqali ariza topshiriladi.

Muhim sanalar:

  • UCAS platformasi orqali bakalavrlik kursiga imkon qadar ertaroq ariza topshirish lozim. Magistraturaga esa kurslar roʻyxatidan mos keladiganini tanlab, ariza beriladi.
  • Grant dasturiga arizani talaba 2021-yil 17-maygacha onlayn tarzda toʻldirib, topshirishi kerak.

Ushbu grant bilan shu yerda batafsil tanishing. Hozir bakalavr va magistratura kurslariga qabul ochiq, lekin grantga arizani faqat o’qishga qabul qilinganlar topshira oladi. Shuning uchun iloji boricha erta hujjat topshirib, «admission offer» olish zarur.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!