×

Buyuk Britaniya: bakalavr kurslari uchun 10000 funt sterlinggacha grant


Grant

MUHLAT

31.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2617 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Bristol Universitetining Think Big Undergraduate Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan bakalavr kurslariga to’lov shartnoma asosida o’qishga qabul qilingan chet ellik talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladi. Bristol Universitetida o’qitiladigan barcha kurslar haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Think Big grant dasturi kontraktga chegirma tarzida beriladi. Grant dasturi doirasida 5000 funt sterlingga teng 9 ta, 10000 funt sterlingga teng 3 ta grant ajratilgan.

Kontrakt haqida

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Bristol Universitetining sentabrda boshlanadigan bakalavr kurslaridan istalgan biriga o’qishga hujjat topshirgan bo’lishi kerak. Tibbiyot, Stamatologiya va Veterinariya kurslari (Medicine, Dentistry and Veterinary Science) bundan mustasno – bu kurslar uchun grant ajratilmagan.
  2. Nomzod hujjat topshirgan (qabul qilingan) kurs to’liq stavkada o’qitiladigan (full-time) kurs bo’lishi zarur.
  3. Nomzod Buyuk Britaniya yoki Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiradigan davlat fuqarosi bo’lmasligi kerak.

Bakalavr kurslariga qabul uchun umumiy talablar:

  1. Nomzod yuqori maktab (kollej, litsey)ni yaxshi va a’lo baholar bilan tamomlagan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun talab qilinadigan darajalar ro’yxati bu yerda
  3. Qabul talablari haqida batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar bu yerga topshiriladi va  2019-yilgi kurslar uchun 2 mavsumda qabul qilinadi. 31-martgacha topshirilgan arizalarning natijalari aprel oyida, 30-iyungacha topshirilgan arizalarning natijalari iyul oyida e’lon qilinadi. Grant uchun ariza topshirgan talabaning hujjatlari ikkala mavsum uchun ham ko’rib chiqiladi, agar talabaga birinchi mavsumda grant belgilanmagan bo’lsa, u ikkinchi mavsumda grant yutib olishi mumkin bo’ladi.

Bakalavr kurslariga hujjat topshirish haqida batafsil ma’lumot bu yerda berilgan.

Qo’shimcha ma’lumot uchun savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz yoki  Universitet bilan bog’lanishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!