Buyuk Britaniyada joylashgan University of Hertfordshire (UH) oliygohi 2020-yilda bakalavr, magistratura va PhD bosqichlarida ta’lim olish istagidagi barcha chet ellik talabalarga Vice-Chancellor’s Scholarships grant dasturini e’lon qiladi. Dasturidan maqsad xorijlik talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.
Grant kimlar uchun?
Barcha bosqichlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur doirasida grant yutib olgan talabalarning har biriga 1 000-2 000 funt sterling miqdoridagi moddiy yordam ajratiladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Grantga barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
- Nomzod universitetning istalgan kursiga qabul qilingan bo’lishi kerak.
- Nomzod yuqori maktab/bakalavr/magistratura bosqichini tamomlagan bo’lishi zarur.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
- Nomzodlar erishgan akademik yutuqlari, iqtidori hamda tanlangan sohaga bo’lgan qiziqishlariga qarab saralanadilar.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant dasturida qatnashish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Oliygohga qabul qilingan talabalarning barchasi bu dastur uchun nomzod deb hisoblanadilar. Dedlayn- 4-oktabr.
Kerakli hujjatlar tarkibi:
- Onlayn ariza.
- Bundan oldingi bosqich diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
- Ingliz tili testi (IELTS 6.0, har bir bo’limdan kamida 5.5).
- Pasport nusxasi.
- Tavsiyanoma.
- Bayonot (Personal Statement).
- Tanlangan soha bo’yicha mehnat tajribasi (agar talab qilinsa).
- CV/resume talab qilinishi mumkin.
Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi bu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing.
Natijalar qisqa fursatlarda e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun:
Tel: +44 (0)1707 284000
Email: ask@herts.ac.uk