×

Buyuk Britaniya: Barcha bosqichlar uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

04.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1033 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan University of Hertfordshire (UH) oliygohi 2020-yilda bakalavr, magistratura va PhD bosqichlarida ta’lim olish istagidagi barcha chet ellik talabalarga Vice-Chancellor’s Scholarships grant dasturini e’lon qiladi. Dasturidan maqsad xorijlik talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabalarning har biriga 1 000-2 000 funt sterling miqdoridagi moddiy yordam ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Grantga barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  2. Nomzod universitetning istalgan kursiga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod yuqori maktab/bakalavr/magistratura bosqichini tamomlagan bo’lishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  5. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  6. Nomzodlar erishgan akademik yutuqlari, iqtidori hamda tanlangan sohaga bo’lgan qiziqishlariga qarab saralanadilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida qatnashish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Oliygohga qabul qilingan talabalarning barchasi bu dastur uchun nomzod deb hisoblanadilar. Dedlayn- 4-oktabr.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn ariza.
  • Bundan oldingi bosqich diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (IELTS 6.0, har bir bo’limdan kamida 5.5).
  • Pasport nusxasi.
  • Tavsiyanoma.
  • Bayonot (Personal Statement).
  • Tanlangan soha bo’yicha mehnat tajribasi (agar talab qilinsa).
  • CV/resume talab qilinishi mumkin.

Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi bu yerda berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing.

Natijalar qisqa fursatlarda e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun:

Tel: +44 (0)1707 284000

Email: ask@herts.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!