×

Buyuk Britaniya: Barcha bosqichlar uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

11.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1263 marta

Buyuk Britaniyaning Glazgou shahrida joylashgan University of Strathclyde navbatdagi Faculty of Engineering Excellence Scholarship (FEES) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2019-yil sentabrda boshlanadigan bakalavriat va postgraduate research degree bosqichlariga o`qishga kirgan talabalarga beriladi. Grant bir yildan to`rt yilgacha ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Strathclyde 2019-2020-oʻquv yiliga bakalavriat kurslarida 910 dan 20 050 funt sterlinggacha, postgraduate research kurslarida kontrakt toʻlovi 9 000 dan 20 000 funt sterlinggacha ni tashkil etadi.

Grant yutib olgan bakalavriat uchun nomzodlarga birinchi yilga 4 000, qolgan yillarga 1 500 funt-sterling chegirma qilinadi.

Postgraduate bosqichi uchun 3 000 funt-sterling kontrakrdan chegirma qilinadi. PhD uchun esa, birinchi yilga 3 000, qolgan yillarga 1 500 funt-sterling chegirma qilinadi.

Stipendiya dasturi faqat oʻqish pulini qisman qoplaydi. Yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni talabaning o`zi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod tegishli soha boʻyicha bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  3. Grantga ariza berishdan avval universitetning 2019-yil sentabrda boshlanadigan muhandislik bo`yicha bakalavriat yoki postgraduate research degree bosqichlarida oʻqishga taklifnomani olgan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod kunduzgi boʻlimda chet ellik (overseas) talaba statusida boʻlishi kerak.
  5. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Bakalavriat uchun baholar kamida 75% ijobiy bo`lishi, postgraduate uchun 2:1 bo`lishi talab qilinadi.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Odatda IELTS kamida 6,0-7,0 boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning 2019-yil sentabrda boshlanadigan muhandislik bo`yicha bakalavriat yoki postgraduate research degree bosqichlarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. O‘qishga qabul haqida hujjat olinganidan keyin grantga alohida ariza topshirish zarur. Oʻqishga kirishga dedlayn muddati farq qilishi mumkin.Mmuddatni kerakli kurs sahifasidan aniqlang. Grantga hujjatlar 2019-yil 11-avgustgacha qabul qilinadi.

  1. Dastlab universitet rasmiy kurslar sahifasidan kerakli kursni tanlang. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasida berilgan. Kurs sahifasida berilgan link orqali ariza bering.
  2. O`qishga taklifnomani qabul qilganingizdan keyin grantga ariza bering. Buning uchun ariza shaklini to`ldirib, so`ralgan hujjatlar bilan birga: eng-scholarships@strath.ac.uk manziliga jo`natish kerak.

Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):

  • To`ldirilgan ariza.
  • O`qishga qabul haqida ma’lumotnoma.
  • Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1/2:2 bo‘lishi lozim.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.5 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa fursat ichida eʼlon qilinadi.

Elektron pochta: eng-scholarships@strath.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!