×

Buyuk Britaniya: barcha bosqichlarda o’qish uchun 4000 funt sterling grantlar


Grant

MUHLAT

23.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1712 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Anglia Ruskun University tomonidan shu universitetda o’qitiladigan barcha kurslar talabalari uchun mo’ljallangan International Excellence Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Anglia Ruskin universiteti bakalavr, magistratura va doktorantura kurslariga qabul qilingan a’lochi talabalarga beriladi. Universitetda o’qitiladigan barcha kurslar bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga 4000 funt sterling mablag’ o’qishning birinchi yili to’loviga chegirma qilib beriladi. O’qish to’lovlari haqida

Talablar:

Grant uchun talablar:

  1. Nomzod Buyuk Britaniya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod 2021-yil yanvarda boshlanadigan kurslarga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  3. Grantlar faqat to’liq stavkada o’qitiladigan kurslar uchun beriladi.
  4. Grantlarni eng yuqori ko’rsatkichlarga ega, baholari yuqori va o’zida yetakchilik sifatlarini ko’rsata olgan talabalar yutib oladilar.

Kursga qabul uchun talablar:

  1. Bakalavr kursi uchun yillik majburiy ta’lim shahodatnomasi yoki diplomi, magistratura kursi uchun bakalavr diplomi, PhD kurslari uchun esa magistratura diplomi talab etiladi. Bakalavrdan keyingi bosqichlarga o’qishga hujjat topshirishda hujjat topshirilayotgan kurs va avvalgi bosqichda o’qilgan kursning yo’nalishlari bir-biriga mos bo’lishi kerak.
  2. Nomzodning baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qaysi kurs va qaysi bosqich uchun hujjat topshirilayotganidan kelib chiqib, IELTS, TOEFL kabi testlardan talab etiladigan minimal ballar turlicha bo’lishi mumkin. Qabul uchun o’rtacha talab IELTS 6.0 yoki TOEFL IBT 80.
  4. Avvaliga o’zingiz tanlagan bakalavr, magistratura yoki PhD kursiga hujjat topshiring. 2021-yil yanvarda o’qitiladigan kurslarning ko’pchiligi uchun hozir qabul ochiq. Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumot bu yerda
  5. Hujjat topshirilgandan bir necha oy o’tib, qabul qilinganligingiz to’g’risida xabar keladi. Talabalikka tavsiya etilganingizdan so’ng grantga ariza Ariza shaklini to’ldirib, nima uchun bu grantga munosib ekanligingizni yorituvchi 500 so’zli insho bilan birga international@anglia.ac.uk elektron manziliga yuboring. Grantga hujjatlar 2020-yil 23-oktyabrga qadar qabul qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Avvaliga o’zingiz tanlagan bakalavr, magistratura yoki PhD kursiga hujjat topshiring. 2021-yil yanvarda o’qitiladigan kurslarning ko’pchiligi uchun hozir qabul ochiq. Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumot bu yerda
  2. Hujjat topshirilgandan bir necha oy o’tib, qabul qilinganligingiz to’g’risida xabar keladi. Talabalikka tavsiya etilganingizdan so’ng grantga ariza Ariza shaklini to’ldirib, nima uchun bu grantga munosib ekanligingizni yorituvchi 500 so’zli insho bilan birga international@anglia.ac.uk elektron manziliga yuboring. Grantga hujjatlar 2020-yil 23-oktyabrga qadar qabul qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!