×

Buyuk Britaniya: Barcha bosqichlarda tahsil olish uchun 25ta 2 500 funt-sterling grantlar


Grant

MUHLAT

22.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1319 marta

Angliyaning Lankashir shahrida Lancaster University joylashgan. Universitet 2020-yil sentyabr oyidan boshlanadigan bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlari uchun The Peel Trust Studentship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant barcha bosqich kurslari talabalari uchun bir yil (uch semestr)ga beriladi. Grant oʻqish pulini qisman qoplaydi. Dasturga hujjat topshirayotgan nomzod universitetda kunduzgi yoki sirtqi shaklda oʻqishi kerak. Grant 25 nafargacha talabaga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba uchun Lancaster Universityda oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 14 700-18 000 funt-sterlingni tashkil etadi.

Grant yutib olgan nomzodga kontraktdan 2 500 funt-sterling chegirma qilinadi. Grant oʻqish pulini qisman toʻlashga moʻljallangan. Shuning uchun kontraktning qolgan qismini nomzodning oʻzi qoplashi kerak. Nomzodning turar joy, ovqatlanish, tibbiy sugʻurta va boshqa sarflarini ham talaba toʻlaydi.

Grant bir yil muddatga beriladi. Ammo oʻqish tugaguncha har yili qayta ariza berish mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar vakillari ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod 21 yoshdan katta boʻlishi kerak.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  5. Nomzod oʻrta/oʻrta maxusu/bakalavr/ magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  6. Nomzod tanlangan kursning maxsus talablariga toʻliq mos boʻlishi kerak.

Talablar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2020-yil 2-martdan 22-maygacha qabul qilinadi. Dastlab universitetga oʻqishga kirish uchun onlayn tarzda ariza berish kerak. Keyin esa grantga alohida ariza topshiriladi.

Hujjat topshirish jarayoni quyidagicha:

  1. My Applications onlayn-tizimiga kirasiz.
  2. Create an accountni bosib roʻyxatdan oʻtasiz.
  3. Roʻyxatdan oʻtib boʻlib, akkauntingizga kirasiz va “Create a new application”ni bosib, ariza toʻldirasiz.
  4. Arizaga qoʻshimcha soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnatasiz.
  5. Grantga ariza berish. Ariza shaklini yuklab olib, toʻldirib, joʻnatiladi. Ariza shakli 2020-yil 2-martdan boshlab: shu yerda mavjud boʻladi.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. Attestat/kollej/litsey/bakalavr/magistr diplomi, diplom ilovasi nusxalari.
  3. Pasport nusxasi.
  4. Ingliz tili sertifikati. Ingliz tili sertifikati tanlangan kurs va bosqichga qarab farq qiladi. Talab qilinadigan darajani tanlagan kurs sahifasidan aniqlash kerak. Odatda IELTS 6.5-7.0 yoki undan yuqori daraja soʻraladi.
  5. Bunda shaxsiy maʼlumotlar, manzil, kontakt uchun telefon, elektron pochta va hokazolar koʻrsatiladi.
  6. Tadqiqot loyihasi/rejasi (magistratura va doktoranturaga oʻqishga hujjat topshirayotgan nomzodlardan soʻraladi).
  7. Koʻpincha topshirilayotgan kurs boʻyicha motivatsiya, oʻqishga ishtiyoq kabilarni aniqlash uchun esse yozib berish kerak boʻladi. Bu haqidagi maʼlumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlash kerak.

Barcha hujjatlar ingliz tilida topshiriladi. Rasmiy hujjatlar esa inglizchaga tarjima qilingan holda notarial tasdiqlatib joʻnatiladi. Topshiriladigan hujjatlar tarkibi tanlangan kurs va bosqichga qarab farq qiladi. Shuning uchun avval kurs sehifasida berilgan maʼlumotlar bilan batafsil tanishib chiqing.

Nomzodlarni saralash ularning aʼlo baholari va akademik yutuqlari, tajribasi, ilmiy salohiyatiga koʻra amalga oshiriladi.

Nomzodlar 2020-yil avgust oyida eʼlon qilinadi.

Murojaat uchun: studentfunding@lancaster.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!