×

Buyuk Britaniya: Biznes boʻyicha bakalavriat kurslari uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

26.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1782 marta

Buyuk Britaniyaning Glazgou shahrida joylashgan University of Strathclyde navbatdagi Strathclyde Business School Dean’s Excellence Awards (Undergraduate) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant uch-besh yilgacha ajratiladi. Grant universitet tarkibidagi The Business Schoolning 2019-yil sentabrda boshlanadigan quyidagi bakalavriat bosqichlariga oʻqishga kirgan 5 nafar talabaga beriladi:

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Strathclyde The Business Schoolning bakalavriat kurslarida oʻqish toʻlovi 2019-2020-yilga 16 800 funt sterlingni tashkil etadi.

Grant yutib olgan 5 nafar nomzodga oʻqish muddati tugaguncha (3-5 yil) har yili kontraktdan 2 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Stipendiya dasturi faqat oʻqish pulini qisman qoplaydi. Yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2019-yil sentabr/oktabrdan The Business Schoolning yuqoridagi roʻyxatda qayd etilgan bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga kirishi zarur.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Baholar kamida yaxshi/a`lo/AAB yoki International Baccalaureate 36 ball boʻlishi talab qilinadi.
  4. Nomzod attestat/kollej/litsey diplomini topshiradi. Hujjati universitet talabiga mos kelmagan talabalardan 1 yillik bakalavrda oʻqiganlik haqida hujjat yoki Foundation kursi diplomi soʻralishi mumkin.
  5. Nomzod overseas statusida boʻlishi, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Odatda IELTS kamida 6,5 boʻlishi kerak.

Barcha talablar haqida: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant University of Strathclyde The Business yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan bakalavriat kurslaridan birida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod ushbu kursga ariza berishi kerak. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish muddati farq qilishi mumkin, aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan tekshiring. Oʻqishga taklifnomani olgandan keyin grantga alohida ariza berish lozim. Grantga dedlayn muddati 2019-yil 26-avgustgacha.

Ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Quyida berilgan havolalar orqali kurs sahifasiga kiring:
  1. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasining “Entry requirements” qismida berilgan.
  2. Qanday qilib ariza berish haqidagi ma’lumotlarni sahifaning oʻng tarafidagi “Apply” boʻlimidan batafsil oʻqib chiqing va ariza bering.
  3. Grantga ariza topshirish esa onlayn tarzda: shu yerda amalga oshiriladi.

Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Hujjati universitet talabiga mos kelmagan talabalardan 1 yillik bakalavrda oʻqiganlik haqida hujjat yoki Foundation kursi diplomi soʻralishi mumkin. Batafsil: shu yerda.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6,5 ball (barcha qismlardan kamida 5,5) yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Moliyaviy ahvolingiz yoki stipendiya/grant haqida maʼlumotnoma.
  • CV/resume.
  • Pasport nusxas
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Qoʻshimcha hujjatlarni kurs sahifasidan aniqlang. Shuningdek, barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa fursat ichida eʼlon qilinadi.

Elektron pochta:  sbs-adviser@strath.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!