×

Buyuk Britaniya: Biznes bo`yicha bakalavriat uchun 5000 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

30.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1483 marta

Angliyada joylashgan University of Exeter bakalavriat kurslari uchun mo’ljallangan Undergraduate Global Excellence Scholarship – Business School dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar universitetning biznes, buxgalteriya bakalavriat kurslariga qabul qilingan eng a’lochi talabalarga beriladi. Grant dasturi a’lochi talabalarni qo`llab-quvvatlash uhcun tashkil etilgan. Grant bir marta berilishi mo`ljallangan. Grant quyidagi yo`nalishlarda o`qish uchun beriladi:

  • In Accounting– BSc Accounting & Finance, BSc Accounting & Business;
  • In Business– BA Business & Management, BA Management with Marketing, BSc Business (Cornwalldagi Penryn campusida o`qitiladi);
  • In Economics– BSc Economics, BSc Business Economics, BSc Economics with Econometrics, BSc Economics And Finance, BSc Economics and Politics.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet biznes va buxgalteriya kurslarida o`qish uchun chet ellik talaba bir yilga taxminan 17 600 funt-sterling kontrakt to`laydi.

Grant yutib olgan talabaga o’qishning birinchi yili uchun kontraktdan 5000 funt sterling chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sug`urta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning o`zi to`lashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak. Grant uchun baholar GCE A yoki AAB yoki shunga ekvivalent bo`lishi lozim.
  3. Nomzod Exeter univeristetning yuqorida ko`rsatilgan biznes va buxgalteriya bakalavriat kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,5 ball talab qilinadi.
  5. Attestat/kollej/litsey diplomiga ega bo’lishi lozim.
  6. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga to’liq javob berishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish shart emas, o`qishga kirish uchun UCAS sayti orqali online ariza berish kifoya. Universitetning biznes va buxgalteriya yo’nalishidagi kurslariga hujjat topshirgan barcha nomzodlar grant uchun talabgor hisoblanadi. Grantlar 2019-yilning 30-iyunga qadar belgilanadi.

O`qishga kirish uchun hujjat topshirish:

  1. Rasmiy sayt qidiruv sahifasiga kirib, sizni qiziqtirgan bakalavriat kursi haqidagi ma’lumotlar va qabul jarayoni bilan tanishib chiqing.
  2. Hujjat topshirish uchun talablar haqidagi to’liq ma’lumot esa shu yerda berilgan.
  3. Bu yerdan ingliz tili talablari haqida ma’lumot olish mumkin
  4. Undan so`ng UCAS rasmiy sayti orqali ariza bering. Arizaga kerakli hujjatlarni ilova qilib, jo`nating.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. Attestat/Diplom va diplom ilovasi nusxasi. Grant uchun baholar GCE A yoki AAB yoki shunga ekvivalent bo`lishi kerak.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab bo`yicha IELTS kamida 6,5 bo`lishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qo`shimcha ACT/SAT/GRE kabi sertifikatlar so`ralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik bo`yicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: admissions-scholarships@exeter.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!