×

Buyuk Britaniya: Biznes boʻyicha magistratura uchun 5 000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

30.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1852 marta

Angliya Kenterberi shahrida joylashgan University of Kent tarkibidagi Kent Business School 2020-2021-oʻquv yiliga Kent Business School Excellence Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant biznes boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlagan bilimli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil qilingan. Grant a’lochi talabalarga bir marta beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Kent magistratura kurslarida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 19 800 funt-sterling. Kontrakt hajmi haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Grant yutib olgan nomzodga bir marta kontraktdan 5 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontrakt pulining qolgan qismi va yashash xarajatlarini nomzodning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod universitetning Kent Business Schoolda oʻqitiladigan 2020-yil sentabrda boshlanadigan biznes boʻyicha nagistratura dasturlaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi lozim. Baholar 2:1 daraja boʻlishi talab qilinadi.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  5. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  6. Britaniyada oʻqish uchun nomzodning moliyaviy ahvoli yetarli boʻlishi lozim.

Batcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Oʻqishga arizalar 2020-yil 31-maygacha, grantga esa 2020-yil 30-iyunga qadar qabul qilinadi. Shning uchun dastlab oʻqishga ariza beriladi. Oʻqishga taklifnoma olingandan keyin grantga alohida hujjat topshiriladi.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Kerakli dasturni tanlash lozim. Barcha dasturlar: shu yerda koʻrsatilgan. Roʻyxatdan kerakli kurs tanlanadi.
  2. Kurs sahifasida oʻquv fanlari, dasturlari, toʻlovlar va kerakli hujjatlar haqida maʼlumot berilgan.
  3. Sahifa oxiridagi “Apply now” yozuvini bosib, ariza toʻldirish kerak.
  4. Oʻqishga taklifnomani olgandan soʻng grantga hujjat topshiriladi. Grantga arizani shu yerda onlayn tarzda toʻldiriladi.

Oʻqishga qabul uchun taxminiy hujjatlar tarkibi:

  1. Bakalavr diplomi va diplom ilovasining ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi.
  2. Ingliz tili sertifikati (Odatda IELTS 6.5-7.0 va/yoki undan yuqori).
  3. Tavsiyanoma (agar soʻralsa).
  4. Rezyume (agar soʻralsa).
  5. Pasport nusxasi.
  6. Moliyavoy ahvol haqida ma’lumotnoma.

Nomzodlarni saralash ularning erta hujjat topshirganligi, yuqori akademik oʻzlashtirishi, sohaga tegishli tajriba, salohiyati va kelajakdagi rejalariga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan besh kun oʻtib xabar qilinadi.

Murojaat uchun: shu yerda.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!