×

Buyuk Britaniya: Biznes, buxgalteriya va iqtisod sohasida magistratura kurslari uchun 7 500 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

01.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2768 marta

Angliyada joylashgan University of Exeter magistratura kurslari uchun mo’ljallangan 2020-yilgi Business School 1st Class Global Excellence Scholarship dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar universitetning biznes, buxgalteriya magistratura kurslariga qabul qilingan eng a’lochi talabalarga beriladi. Grant dasturi a’lochi talabalarni qoʻllab-quvvatlash uhcun tashkil etilgan. Grant 2020-yilda boshlanadigan quyidagi kurslar talabalariga bir marta beriladi:

  • MSc Financial Analysis and Fund Management,
  • MSc Finance and Accounting,
  • MSc Economics/Behavioural Economics/Econometrics,
  • MSc Financial Economics,
  • MSC Financial Technology,
  • MSc Business Analytics,
  • MSc Accounting and Tax,
  • MSc Finance and Investment,
  • MSc Finance and Marketing,
  • MSc Management,
  • MSc Marketing,
  • MSC Human Resource Management,
  • MSc International Tourism Management.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet biznes va buxgalteriya kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba turlicha kontrakt toʻlaydi. Aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasida koʻrsatilgan.

Grant yutib olgan talabaga o’qishning birinchi yili uchun kontrakt pulidan 7 500 funt-sterling chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak. Grant uchun baholar First class yoki 60% ijobiy ekvivalent boʻlishi lozim.
  3. Nomzod Exeter universiteti Biznes maktabining biznes, iqtisod va buxgalteriya magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 7,0 ball, har bir qismdan kamida 6,0 ball boʻlishi talab qilinadi.
  5. Nomzod mos keladigan bakalavr diplomiga ega bo’lishi lozim.
  6. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga to’liq javob berishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yutib olish uchun alohida ariza berish talab qilinmaydi, Exeter universitetining biznes va buxgalteriya yo’nalishidagi kurslariga oʻqishga kirish uchun berilgan online ariza yetarli. Oʻqishga kirish uchun dedlayn – 2019-yil 15-noyabr, grantga esa 2019-yil 1-dekabr.

Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish:

  1. Hujjat topshirishdan avval shu yerdan ariza berish jarayoni haqida batafsil oʻqib chiqing.
  2. Kurslar sahifasiga kirib, sizni qiziqtirgan magistratura kursi haqidagi ma’lumotlar va qabul jarayoni bilan tanishib chiqing.
  3. Hujjat topshirish uchun talablar haqidagi to’liq ma’lumot esa kirish talablari sahifasida berilgan.
  4. Ingliz tili talablari sahifasida ingliz tili talablari koʻrsatilgan.
  5. Undan soʻng shu yer orqali ariza bering. Arizaga kerakli hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Grant uchun baholar 2:1 yoki shunga ekvivalent boʻlishi kerak.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 7,0, har bir boʻlimdan kamida 6,0 boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha GMAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: admissions-scholarships@exeter.ac.uk manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!