×

Buyuk Britaniya: Biznes magistratura uchun 8 000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

31.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1606 marta

Angliya Kenterberi shahrida joylashgan University of Kent tarkibidagi Kent Business School 2020-2021-oʻquv yiliga International Scholarships for Taught Masters Students dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant universitetning barcha magistratura (taught) kurslarida oʻqishni xohlagan bilimli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil qilingan. Grant bir yil muddatga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Kent magistratura kurslarida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 19 800 funt-sterling. Kontrakt hajmi haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Grant yutib olgan nomzodga bir yilga 8 000 funt-sterling mablagʻ beriladi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontrakt pulining qolgan qismi va yashash xarajatlarini nomzodning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod universitetning barcha magistratura (taught) dasturlaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  5. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  6. Britaniyada oʻqish uchun nomzodning moliyaviy ahvoli yetarli boʻlishi lozim.
  7. Stipendiya yutib olgan talabalar universitet tashkil etadigan tadbirlarga yordamchi sifatida jalb etilishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2020-yil 31-mayga qadar qabul qilinadi. Grant olish istagida boʻlgan nomzodlar oʻqishga topshirayotgan ariza ichida buni koʻrsatishlari kerak.

1-bosqich. Avvalo, magistratura (taught) dasturlardan biriga onlayn tarzda ariza berish kerak.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Kerakli dasturni tanlash lozim. Barcha dasturlar: shu yerda koʻrsatilgan. Roʻyxatdan kerakli kurs tanlanadi.
  2. Kurs sahifasida oʻquv fanlari, dasturlari, toʻlovlar va kerakli hujjatlar haqida maʼlumot berilgan.
  3. Sahifa oxiridagi “Apply now” yozuvini bosib, ariza toʻldirish kerak.

Oʻqishga qabul uchun taxminiy hujjatlar tarkibi:

  1. Bakalavr diplomi va diplom ilovasining ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi
  2. Ingliz tili sertifikati (Odatda IELTS 6.5-7.0 va/yoki undan yuqori).
  3. Tavsiyanoma (agar soʻralsa).
  4. Rezyume (agar soʻralsa).
  5. Pasport nusxasi.
  6. Moliyavoy ahvol haqida ma’lumotnoma.

Oʻqishga hujjat topshirish haqida batafsil maʼlumot: shu yerda berilgan.

2-bosqich. Stipendiya olish uchun ariza oʻqishga kirishga berayotgan arizaning ichida beriladi:

  1. Arizani talabalar portali orqali topshiriladi. Portal noyabr oyida ochiladi.
  2. Tizimgan kirgandan keyin funding, ya’ni “My Scholarships and Bursaries” boʻlimiga oʻtiladi.
  3. Boʻlimda ariza berish mumkin boʻlgan grantlar roʻyxati chiqadi. Shular ichidan “International Scholarship” tanlanadi va “Apply” yozuvi bosiladi.
  4. Soʻralgan maʼlumotlar bilan birga Microsoft Word yoki PDF 750 ta soʻzdan oshmagan esse ham yuklash kerak. Esse nima uchun shu sohani tanlaganligingiz va bu grantga nima uchun loyiqligingiz haqida yoziladi.

Nomzodlarni saralash ularning yuqori akademik oʻzlashtirishi, sohaga tegishli tajriba, salohiyati va kelajakdagi rejalariga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan besh kun oʻtib xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: international@kent.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!