×

Buyuk Britaniya: Coventry Universityda bakalavriat uchun qisman grant; joy – 175 ta


Grant

MUHLAT

10.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1415 marta

Buyuk Britaniyaning Koventri shahrida joylashgan Coventry University bakalavriat kurslari uchun mo’ljallangan International Academic Excellence Scholarship Undergraduate September 2019 dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar universitetning barcha bakalavriat kurslariga qabul qilingan a’lochi talabalarga beriladi. Grant dasturi universitetning 2019-yilda 175 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan va 175 nafar talabaga beriladi. Grant bir marta berilishi moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish uchun chet ellik talaba bir yilga taxminan 15 600 funt-sterling kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan 175 nafar talabaga o’qishning birinchi yili uchun kontraktdan 1 500 funt sterling chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod a’lo baholarga o’qigan bo’lishi kerak. Grant uchun baholar GCE A yoki shunga ekvivalent boʻlishi lozim.
  3. Nomzod univeristetning 2019-yil sentabr oyida boshlanaigan barcha bakalavriat kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi zarur.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,0 ball talab qilinadi.
  5. Attestat/kollej/litsey diplomiga ega bo’lishi lozim.
  6. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga to’liq javob berishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish shart emas, oʻqishga kirish uchun online ariza berish kifoya. Universitetining barcha bakalavriat kurslariga hujjat topshirgan a’lochi nomzodlar grant uchun talabgor hisoblanadi. Grantga hujjat topshirish uchun dedlayn: 2019-yilning 10-iyunga qadar.

Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish haqida batafsil: shu yerda berilgan.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Onlayn yoki qogʻozda toʻldirilgan ariza.
  2. Attestat/Diplom va diplom ilovasi nusxasi. Grant uchun baholar a’lo, ya’ni A yoki yoki shunga ekvivalent boʻlishi kerak.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,0 boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha ACT/SAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun:

Coventry University

Priory Street

Coventry

United Kingdom

CV1 5FB

Telefon: +44(0)24 7765 7688

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!