Buyuk Britaniyada joylashgan The London School of Hygiene & Tropical Medicine (LSHTM) tibbiyot sohasiga qiziquvchi MSc Demography & Health magistratura kursiga oʻqishga kirgan talabalardan 2020-21 Basia Zaba Memorial Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 1 yilga moʻljallangan.
Grant kimlar uchun?
Demografiya va salomatlik boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
The London School of Hygiene & Tropical Medicine (LSHTM) magistratura kurslarining kontrakt toʻlovi 2020-21-oʻquv yili uchun taxminan 24 200 – 25 770 funt sterling.
Grant yutib olgan nomzodga kontraktdan 5 000 funt-sterling chegirma qilinadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlardan nomzodlar ushbu grantga ariza bera oladilar.
- Nomzod oliygogning MSc Demography & Healthmagistratura kursiga 2020-21-yil uchun ariza berishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va darajasi CEFR B2 va undan yuqori, IELTS 6.0-7.5, TOEFL IBT 80-108 ball boʻlishi talab etiladi.
- Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
- Nomzod tegishli tartibda bakalavr yoki unga tenglashtirilgan daraja sohibi boʻlishi zarur.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2020-yil 30-aprelga qadar qabul qilinadi. Grant olish uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Keyin grantga alohida ariza beriladi.
Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Dastlab shu yerdan kerakli MSc Demography & Healthmagistratura dasturini tanlang.
- Shu yerda qanday qilib ariza topshirish haqida oʻqib chiqing.
- Shu yerda umumiy talablar bilan tanishing.
- Shu yerda oʻqishga ariza bering. Oʻqishga qabul qilinsangiz, kontrakt uchun depozitni 28 kunda toʻlash kerak. Shunda grantga ariza berayotganingiz haqida qabul komissiyasiga admissions@lshtm.ac.uk manzili orqali xabar bering.
- Grantga ariza berish. Shu yerda grant uchun arizani toʻlidirasiz. Ariza toʻldirayotganda grantlar menyusi chiqadi, shular ichidan 2020-21 LSHTM Fund Scholarship grantini tanlaysiz. Supplementary questions formni ham toʻldirib, ariza toʻldirish jarayonida tizimga yuklash kerak.
- Garnt bilan bogʻliq texnik muammolar boʻyicha savollar bilan servicedesk@lshtm.ac.uk manziliga murojaat qiling.
Kerakli hujjatlar (taxminiy):
- Toʻldirilgan arizalar.
- CV/resume.
- Diplom va diplom ilovasi.
- Tavsiyanoma.
- Ingliz tili sertifikati.
Natijalar 2020-yil 1-iyunda e’lon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: admissions@lshtm.ac.uk.