×

Buyuk Britaniya: Demografiya va salomatlik sohasida magistratura uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

30.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1129 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan The London School of Hygiene & Tropical Medicine (LSHTM) tibbiyot sohasiga qiziquvchi MSc Demography & Health magistratura kursiga oʻqishga kirgan talabalardan  2020-21 Basia Zaba Memorial Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 1 yilga moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Demografiya va salomatlik boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

The London School of Hygiene & Tropical Medicine (LSHTM) magistratura kurslarining kontrakt toʻlovi 2020-21-oʻquv yili uchun taxminan 24 200 – 25 770 funt sterling.

Grant yutib olgan nomzodga kontraktdan 5 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod oliygogning MSc Demography & Healthmagistratura kursiga 2020-21-yil uchun ariza berishi lozim.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va darajasi CEFR B2 va undan yuqori, IELTS 6.0-7.5, TOEFL IBT 80-108 ball boʻlishi talab etiladi.
  4. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod tegishli tartibda bakalavr yoki unga tenglashtirilgan daraja sohibi boʻlishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2020-yil 30-aprelga qadar qabul qilinadi. Grant olish uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Keyin grantga alohida ariza beriladi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab shu yerdan kerakli MSc Demography & Healthmagistratura dasturini tanlang.
  2. Shu yerda qanday qilib ariza topshirish haqida oʻqib chiqing.
  3. Shu yerda umumiy talablar bilan tanishing.
  4. Shu yerda oʻqishga ariza bering. Oʻqishga qabul qilinsangiz, kontrakt uchun depozitni 28 kunda toʻlash kerak. Shunda grantga ariza berayotganingiz haqida qabul komissiyasiga admissions@lshtm.ac.uk manzili orqali xabar bering.
  5. Grantga ariza berish. Shu yerda grant uchun arizani toʻlidirasiz. Ariza toʻldirayotganda grantlar menyusi chiqadi, shular ichidan 2020-21 LSHTM Fund Scholarship grantini tanlaysiz. Supplementary questions formni ham toʻldirib, ariza toʻldirish jarayonida tizimga yuklash kerak.
  6. Garnt bilan bogʻliq texnik muammolar boʻyicha savollar bilan servicedesk@lshtm.ac.uk manziliga murojaat qiling.

Kerakli hujjatlar (taxminiy):

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. CV/resume.
  3. Diplom va diplom ilovasi.
  4. Tavsiyanoma.
  5. Ingliz tili sertifikati.

Natijalar 2020-yil 1-iyunda e’lon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: admissions@lshtm.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!