×

Buyuk Britaniya: Falsafa bo’yicha magistratura uchun qisman grant dasturi


Grant

MUHLAT

31.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1127 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Manchester Universitetining Falsafa bo’yicha Master of Arts (MA Philosophy ) magistratura kursiga qabul qilingan talabalar uchun maxsus ajratilgan School of Social Sciences – A.N. Prior MA Philosophy Bursary grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grant ushbu kursga qabul qilingan talabaga o’qish to’lovini qoplash uchun moddiy ko’mak sifatida taqdim etiladi.

Grant kimlar uchun?

Manchester universitetining MA Philosophy kursiga qabul qilinganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaning shartnoma to’lovi miqdoriga 3000 funt sterling chegirma qilinadi. Magistratura kursi uchun shartnoma to’lovi to’liq stavkadagi 1 yillik kurs uchun 19000 funt sterling, 2 yil o’qitiladigan sirtqi kurs uchun yiliga 9500 funt sterling.

Talablar:

Grant Falsafa magistratura kursiga qabul qilingan talabalar ichidan eng iqtidorlisiga, uning bakalavr bosqichida ko’rsatgan natijasi va boshqa hujjatlari asosida taqdim etiladi. Grantga nomzodlik qilish uchun shaxsning millati, davlati, yoshi va shu kabilarga cheklovlar yo’q.

MA Philosophy kursiga qabul uchun talablar:

  1. Nomzod falsafa yoki falsafaga yaqin sohada Buyuk Britaniyaning 2:1 honours bakalavr darajasiga yoki shunga teng bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
  2. Nomzod IELTS imtihonidan kamida umumiy 7.0 ball olgan bo’lishi zarur. Bunda kamida: writing 7.0 va boshqa qismlar 5 bo’lishi kerak. Agar TOEFL imtihoni sertifikati taqdim etilsa, TOEFL IBT’dan kamida 103 ball talab qilinadi, bunda to’plangan ball kamida writing 28 va boshqa qismlar 25 bo’lishi kerak. COVID-19 sababli, ingliz tili darajasiga qo’yilgan talablarga biroz yengillik kiritilgan, aynan qanday o’zgarish bo’lganini pg-soss@manchester.ac.uk elektron manziliga xat yo’llab aniqlashtirishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga alohida ariza topshirish shart emas. Manchester universitetining MA Philosophy kursiga hujjat topshirgan va qabul qilingan barcha talabalar grant uchun nomzodlikka qo’yiladi.

MA Philosophy kursiga arizalar yil davomida qabul qilinadi. Ammo grantlar faqat 2020-yil 31-iyulgacha MA Philosophy kursiga ariza bergan talabaga beriladi. 31-iyuldan keyin MA Philosophy kursiga qabul davom etadi, lekin bu sanadan keyin ariza berib, o’qishga kirgan talabalarga grant berilmaydi.

MA Philosophy kursiga arizalar bu yerda topshiriladi. Magistratura kursiga ariza berish uchun ushbu hujjatlar zarur:

  1. Diplom va baholar ilovasi.
  2. IELTS yoki TOEFL sertifikati (TOEFL uchun universitet kodi – 0757).
  3. 2 ta tasviyanoma.
  4. Pasport nusxasi.

Murojaat uchun: pg-soss@manchester.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!