×

Buyuk Britaniya: Harbiy tadqiqot magistratura kursi uchun 42 ming funt-sterling grant!


Grant

MUHLAT

18.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1504 marta

Buyuk Britaniyaning King’s College of London oliygohi 2020-21-oʻquv yili uchun  The Alexandros Petersen Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant harbiy tadqiqotlar sohasi boʻyicha “Mojaro, xavfsizlik va rivojlanish” magistratura kursida tahsil olishni istagan talabalari uchun moʻljallangan. Grant bir yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gramt yutib olgan talabalarga oʻqish, turar joy, stipendiya kabi xarajatlar uchun jami 42 000 funt-sterling mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz davlatlari: Afgʻoniston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston rezidenlari va fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod oliygohning MA in the War Studies sohasi  Conflict, Security and Development MAmagistratura kursiga oʻqishga kirishi kerak.
  3. Nomzod Conflict, Security and Development MAmagistratura kursi maxsus talablariga hamda ingliz tili talablariga mos boʻlishi kerak.
  4. Nomzod moliyaviy koʻmakka muhtoj boʻlishi kerak.
  5. Nomzod oʻquv yili oxirida homiyga minnatdorchilik xati va hisobot taqdim etishi lozim.
  6. Nomzod oʻqish tugagach, oʻz Vataniga qaytib ketishi va oʻrganganlarini amaliyotga tadbiq qilishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 18-dekabrga qadar qabul qilinadi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Oʻqishga ariza topshirish onlayn tarzda shu yerda amalga oshiriladi. Oʻqishga kirish talablarini Conflict, Security and Development MAmagistratura kursi sahifasidan olasiz.
  2. Grantga esa arizani shu yerdan yuklab olib, toʻldirish kerak hamda pgt-warstudies@kcl.ac.uk elektron manziliga joʻnatish lozim.
  3. Har ikkala arizani ham 18-dekabrdan kechiktirmay toʻldirish va joʻnatish zarur.
  4. Ushbu hujjatlarga akademik esse yoki conflict, security, or development mavzusi boʻyicha yozilgan maqola nusxasini ilova qilib topshirish kerak.

Taxminiy hujjatlar tarkibi:

  • sohaga tegishli bakalavr yoki magistr diplomi.
  • baholar varagʻi. Baholar 2:1 yoki 67% ijobiy boʻlishi kerak.
  • CV.
  • conflict, security, or development mavzusi boʻyicha yozilgan maqola yoki esse.
  • Ingliz tili sertifikati. Dasturga qabul uchun kamida IELTS 7,0-7,5 sertifikati ropshiriladi.

Natijalar 2020-yilning 29-fevralda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: pgt-warstudies@kcl.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!