×

Buyuk Britaniya: Huquq bo‘yicha magistratura uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

01.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1373 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Sussex University talabalardan Sussex Future Leaders in Law Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetda Masters in Law magistratura bosqichini o‘qishni istagan nomzodlar uchun moʻljallangan. Grantga nomzod a’lochi va liderlik qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Grant bir yilga quyidagi magistratura kurslarida o‘qish uchun beriladi:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga bir yil muddatga kontrakt uchun 10 000  funt-sterling pul beriladi.

Grant nomzodning yashash, sug‘urta, o‘quv qurollari kabi xarajatlarini qoplamaydi. Ularni talabaning o‘zi to‘lashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning yuqorida ko‘rsatilgan magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Odatda baholar 2:1/2:2 bo‘lishi talab qilinadi.
  • Nomzod Sasseks universiteti talablariga mos bo‘lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun til bilish darajasi qanday bo‘lishi kerakligi tanlangan yo‘nalishga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 7,0 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod tanlangan kursga mos keladigan soha bo‘yicha bakalavr diplomiga ega bo‘lishi kerak.
  • Nomzod salohiyatli, liderlik qobiliyatiga ega va kelajakda yuqori natijalarga erishishga qodir bo‘lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning yuqorida qayd etilgan magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. O‘qishga qabul haqida hujjat olinganidan keyin grantga alohida ariza topshirish zarur. O‘qishga dedlayn 1-avgustgacha, grantda esa dedlayn 1-iyulgacha. Grant olishni istagan nomzodlar o‘qishga ertaroq ariza berishlari lozim.

O‘ishga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Kurslar sahifasidan kerakli kursni toping. Kurs sahifasida batafsil maʼlumot berilgan. Toʻliq oʻqib chiqing.
  • Shu yerdava shu yerda kirish talablari berilgan.
  • Shu yer orqali o‘qishga ariza bering. Kerakli hujjatlarni ilova qilib, jo‘nating.
  • Qo‘shimcha ma’lumot bilan Sussex Law Schoolning: rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.
  • Grant uchun qo‘shimcha ma’lumotlar: Shu yerda.
  • Savollar yuzasidan scholarships@sussex.ac.ukga murojaat qiling.

Grantga ariza berish. Grantga arizani onlayn tarzda to‘ldiring va kelajakdagi rejalaringiz hamda darsdan tashqari faoliyatingiz haqidagi ma’lumotlar bilan birga jo‘nating.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Personal statement.
  • Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1/2:2 bo‘lishi lozim.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 7.0 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, tanlangan kursga qarab LSAT/GCSE kabilar so‘ralishi mumkin.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Nomzodlar grantga  sohaga oid bilimlari, aʼlo baholari, liderlik qobiliyati, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi, kelajakdagi rejalari kabilar asosida saralanadilar.

Natijalar 2019-yil iyul oyi oxirigacha elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: scholarships@sussex.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!