×

Buyuk Britaniya: Huquqshunoslik boʻyicha magistratura kurslari uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

30.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2823 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan Birkbeck University of London 2021-yilning kuzidan boshlanadigan kurslar uchun School of Law Postgraduate Fee Awards For Master’s Students dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi The School of Law at Birkbeck – Huquqshunoslik Oliy maktabining magistratura (Master’s programme) kurslarida oʻqishni istagan talabalarga beriladi. Grantlar 1 yoki 2 yilga beriladi. Mazkur grant 2 nafar xalqaro talabaga taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Grant Birkbeck universiteti huquq maktabining quyidagi kurslarida oʻqish uchun beriladi:

Grant kimlar uchun?

Huquq boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

The School of Law at Birkbeck magistratura kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba yiliga taxminan 17 700 funt-sterling kontrakt toʻlaydi. Mahalliy va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlarlar vakillari esa 11 580 funt-sterling toʻlaydi. Oʻqish kunduzgi boʻlimda (full-time) 1 yil, sirtqi boʻlimda (part-time) esa 2 yil davom etadi.

Kunduzgi boʻlimda oʻqish uchun grant yutib olgan chet ellik nomzodga kontrakt pulining 11 580 funt-sterlinggacha qismi toʻlab beriladi. Grant yutib olgan sirtqi boʻlim talabasiga kontrakt summasining 5790 funt-sterling qismi toʻlab beriladi.

Grant nomzodning turar joy, tibbiy sugʻurta, oʻquv qurollari kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun bu sarflar hamda kontrakt pulining qolgan qismini nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod oldin magistraturada oʻqimagan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod universitetning yuqorida koʻrsatilgan magistratura kurslaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi/topshirishi kerak.
  4. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim. Grant uchun kamida 2:1 (upper-second-class honours) daraja yoki unga teng daraja talab qilinadi (Oʻzbekiston fuqarolari uchun 100 lik tizimda oʻrtacha baho 80-89 ball boʻlishi kerak).
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida koʻrsatilgan. Odatda IELTS kamida 7,0 talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Keyin esa alohida grantga ariza topshiriladi. Grantga va oʻqishga arizalar 2021-yil 30-iyunga qadar qabul qilinadi. Grantga ariza berish uchun nomzodga kamida shartli joy taklif qilingan boʻlishi kerak. Demak, oʻqishga iloji boricha erta hujjat topshirish lozim.

Magistrlik kurslariga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval grant beriluvchi magistrlik kurslaridan birini tanlang.
  2. Tanlangan dastur uchun oʻqishga qabul talablari bilan tanishing. Entry requirements boʻlimida kirish talablari haqida yozilgan.
  3. Fees boʻlimida kontrakt toʻlovi va qanday toʻlash mumkinligi haqida aytilgan.
  4. How to apply boʻlimida hujjat topshirish tartibi koʻrsatilgan. APPLY NOW: FULL-TIME yoki PART-TIME yozuvini bosib, arizani toʻldirish va kerakli hujjatlarni ilova qilib, joʻnatish lozim.

Tanlangan magistrlik kursingizga shartsiz yoki shartli ravishda qabul qilinganingizdan soʻng, grantga ariza topshirishingiz mumkin. Bunda grant uchun ariza shakli toʻldiriladi va dedlaynga qadar law-pgt-pgr@bbk.ac.uk manziliga joʻnatiladi.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari va yutuqlari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi, sohaga tegishli kasbiy bilim va tajriba kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar nomzodlarga dedlayn muddatidan keyin qisqa vaqt ichidaeʼlon qilinadi.

Savollar yuzasidan murojaat uchun: law-pgt-pgr@bbk.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!