×

Buyuk Britaniya: Ijodiy ishar tanlovi; sovrinlar 1000 funt sterliggacha!


Grant

MUHLAT

22.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2500 marta

Buyuk Britaniyaning Bournemouth Universiteti, Media va Kommunikatsiya Fakulteti hamda if:book UK hamkorlikda barcha zamonaviy ijod sohasi vakillarini 2019-yilgi The New Media Writing Prize (NMWP) tanlovida qatnashishg taklif etadi. Dastur millati va yoshidan qat’iy nazar barcha professional va havaskor yozuvchi, shoir, dizayner ijodkorlarni bu yilgi, 9-tanlovda ishtirok etishga taklif etadi. Dastur oʻz oldiga zamonaviy mediyani rivojlantirish va bu boradagi diqqatga sazovor ishlarni ragʻbatlantirishni maqsad qilib qoʻygan. Qatnashchilar tanlovda aynan kompyuter, telefon, planshet va shunga oʻxshash zamonaviy mediya uskunalari uchun moʻljallangan ishlari- hikoya, roman, she’r, hujjatli film, animatsiya, transmediya ishlari bilan qatnashishlari mumkin.

Mukofot tarkibida bir nechta mukofotlar boʻlib, ular doirasiga kiradigan ishlar bir-biridan farq qiladi. Qatnashchilar bu mokofotlardan qaysi biriga da’vogarlik qilishni oʻzlari tanlab, ishlarni ham shu mukofotlarning maxsus hay’atlariga topshiradilar. Ular quyidagilar:

  1. Birinchi mukofot: if:book Prize va Unicorn Student Prize. Bu mukofotlarga Mac, kompyuter, telefon, internet yoki shu kabi elektron vositalar (ya’ni qogʻoz emas) orqali koʻrich uchun moʻljallangan yozuvchilik ishlari qabul qilinadi. Bu yoʻnalishlar uchun topshirilgan ishlar she’riyat, nasr, hujjatli asar (documentary) yoki transmediya ishlari boʻlishi zarur, ularga qoʻyiladigan asosiy talab – interaktivlik. Bunday ishlarda soʻz, rasm, film yoki animatsiyadan foydalangan holda asar mazmunini tomoshabin/oʻquvchiga iloji boricha interaktiv holda yetkazish. Unicorn Student Award faqat talabalar uchun.
  2. Ikkinchi mukofot: The Dot Award. Bu mukofot bilan umidli va amaliyotga tadbiq qilsa boʻladigan yangi gʻoya olib chiqa olgan ishlar taqdirlanadi. Bu ishlar texnik jihatdan uncha murakkab boʻlishi shart emas, lekin ular zamonaviy mediya vositalari orqali original va hayajonli asarlar boʻlishi zarur.
  3. Uchinchi mukofot: The Gorkana Journalism Awards. Bu yoʻnalishda faktlarga asoslangan va raqamli mediyani namoyish etadigan ishlaq taqdirlanadi. Bunda ishlarda zamonaviy mediya vositalarinidan ham foydalanilgan boʻlishi zarur.

Grant kimlar uchun?

Zamonaviy yozuvchi, shoir va jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov yakunida eng munosib deb topilgan ishlar quyidagicha taqdirlanadilar:

  1. if:book UK New Media Writing Prize: 1000 funt sterling pul mukofoti.
  2. Unicorn Student Award: Unicorn Trainingda 3 oylik haq toʻlanadigan stajirovka yoki 750 funt sterling pul mukofoti.
  3. The Journalism Award: 750 funt sterling pul mukofoti.
  4. The Dot Award: 500 funt sterling miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan vakillar ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Tanlovda barcha yoshdagi qatnashchilar ishtirok etishlari mumkin.
  3. Qatnashchiga qaysi yoʻnalish boʻyicha ishtirok etayotganiga qarab turlicha talablar qoʻyilishi mumkin.
  4. Qatnashchilar zamonayviy mediyadan foydalanilgan ishlarni topshirishari kerak.
  5. Tanlovda ishtirokchilar yakka holda yoki guruh boʻlib qatnashishlari mumkin.
  6. Bir ishtirokchi bir necha yoʻnalish boʻyicha ishlarini taqdim etishi mumkin.
  7. Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar onlayn arizani toʻldirishlari zarur.
  8. Arizada ishtirokchi qaysi yoʻnalish boʻyicha qatnashayotganligini belgilashi lozim. Agar bir nomzod bir vaqtning oʻzida bir necha yoʻnalish boʻyicha ishtirok etmoqchi boʻlsa, har bir ish uchun alohida ariza toʻldiriladi.
  9. Unicorn Student Award yoʻnalishi boʻyicha ariza topshirayotgan talabadan uning haqiqatdan ham talaba ekanligini tasdiqlovchi hujjat soʻraladi.

Ijodiy ishga qoʻyiladigan talablar

  1. Taqdim etiladigan ishlar she’riy va nasriy asarlarni foydalanuvchiga yetkazishda zamonaviy mediadan foydalanishning samarali va kreativ usullaridan foydalanib yaratilgan boʻlishi zarur.
  2. Foydalanuvchi uchun qulay tarzda yaratilgan boʻlishi kerak.
  3. Interaktiv elementlardan samarali foydalanilgan boʻlishi lozim.
  4. Zamonaviy medianing keng imkoniyatlarini yaqqol koʻrsatib berishi zarur.
  5. Keng ommaga moʻljallangan (ma’lum bir guruh foydalanuvchilarga emas) boʻlishi zarur.
  6. Barcha ishlar ingliz tilida taqdim etilishi shart.

Tanlov shartlari: shu yerda va shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda qatnashish uchun nomzod onlayn ariza toʻldirishi kerak. qatnashchi mukofot uchun taqdim etayotgan asar pochta yoki boshqa biror vosita orqali tanlovga toʻgʻridan-toʻgʻri joʻnatilishi ta’qiqlanadi. Uning oʻrniga, nomzod internetdagi biror boshqa yerda saqlangan ishga link (URL) berishi yoki uni qanday topib olish mumkinligini ariza formasida tushuntirishi zarur (arizada bu uchun maxsus joy ajratilgan). Qatnashish jarayonini elektron pochta orqali qilsa ham boʻladi, bunda qatnashchi qaysi mukofotni yutmoqchi boʻlsa, shu mukofot qabul komissiyasiga elektron pochta orqali quyidagi dedlayn muddatlarigacha topshirish kerak:

  • The if:book UK New Media Writing Prize: 22-noyabr.
  • The Dot Award:22-noyabr.
  • Journalism Award:22 noyabr.
  • The Skylab Innovation Award: 22-noyabr.
  • The Unicorn Training Student Award:13-dekabr.

Komissiyaga ishning oʻzi emas, muallif va musobaqaga topshirilayotgan ishni qayerdan topish mumkin ekanligi haqidagi xatni entries2019@newmediawritingprize.co.uk manziliga joʻnatish zarur.

Xatda quyidagi ma’lumotlari shu tartibda yozish kerak:

  1. Qatnashchining ism-sharifi. Guruh boʻlib qatnashilsa barcha a’zolarning ismshariflarini yozish kerak.
  2. Qatnashchi(lar) bilan bogʻlanish uchun ma’lumotlar: ismi, telefon raqami, uy manzili va pochta indeksi. Agar guruh boʻlib qantashilsa, bitta qatnashci bogʻlanish uchun saylanishi lozim.
  3. Qatnashchining 50-100 soʻzli qisqa tarjimai holi. Guruh boʻlib qatnashilayotgan boʻlsa, barcha a’zolarning tarjimai hollari kiritilishi kerak.
  4. Student Unicorn Award qatnashchilari qoʻshimcha tarzda talabalalik guvohnomasi, universitetdagi talabalik ID raqami yoki shu kabi talabalikni isbotlashda kerak boʻladigan hujjatni ham ilova qilishlari zarur.

 Ma’lumot uchun: entries2019@newmediawritingprize.co.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!