×

Buyuk Britaniya: Xotin-qizlar uchun Executive MBA kursida tahsil olishga 25 000 funt-streling grant


Grant

MUHLAT

15.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1512 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan Imperial College London 2020-2021-oʻquv yili uchun navbatdagi Inspiring Women – Executive MBA Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar 2020-yil fevraldan boshlab universitetda oʻqitiladigan Executive MBA kursiga oʻqishga kirgan ayol jinsiga mansub talabalar uchun moʻljallangan. Grant ikki yilga beriladi. Grantga nomzod a’lochi, salohiyatli, liderlik qobiliyatiga ega, ijtimoiy faol ayol kishi boʻlishi lozim.

Grant kimlar uchun?

Executive MBA bosqichida oʻqishni xohlagan ayollar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

SBS Executive MBA kursining kontrakt toʻlovi 2020-2021-yil uchun 58 700 funt-sterling.

Grant yutib olgan 2 nafar nomzodga kontraktdan 25 000 funt-streling chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2020-yildan boshlab universitetda oʻqitiladigan Executive MBA kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod ayol kishi boʻlishi lozim.
  4. Nomzod kunduzgi (full-time) shaklda oʻqishi kerak.
  5. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  6. Nomzod a’lochi, salohiyatli, GMAT/GRE baholari yuqori, liderlik qobiliyatiga ega, kirishimli, intizomli, ijtimoiy faol boʻlishi lozim.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamida 7,5 ball (har bir boʻlimdan 7,0 ball)/TOEFL kamida 110 ball/CEFR C1 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  8. Nomzod bakalavr diplomini topshiradi. Baholar 2:1 boʻlishi lozim.
  9. Nomzod tanlangan kurs talablariga mos boʻlishi kerak.
  10. Nomzod 10 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.

Barcha talablar haqida: shu yerdan va shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning Executive MBA kursida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod shu kursga ariza berishi kerak. Grant va kursga hujjat topshirish 2019-yil 15-noyabrgacha amalga oshiriladi. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi, oʻqishga topshirilgan hujjatlar kifoya qiladi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Executive MBA kursi sahifasiga kiring.
  2. Avvalo How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
  3. Barcha kirish talablari kurs sahifasida berilgan.
  4. Kurs sahifasidan ariza (Application form) va soʻralgan hujjatlarni topshiring.
  5. Agar hujjatlaringiz dastlabki saralashdan oʻtsa, ariza topshirgan muddatingizga qarab, sizni suhbatdan oʻtish uchun taklif etishadi.
  6. Ariza topshirish yakunida 100 funt-sterling badal toʻlash kerak. Pul toʻlanmaguncha ariza koʻrib chiqilmaydi.
  7. Savollar yuzasidan shu yerga murojaat qiling.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr diplomi va ilovasi. Baholar a’lo/2:1 boʻlishi lozim.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 7,5 ball (har bir boʻlimdan 7,0 ball)/TOEFL kamida 110 ball/CEFR C1 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • GRE/GMAT sertifikati.
  • CV/resume. Ishlaganlik haqida ma’lumot (ish tajribasi)ni ham rezumening ichiga yozish kerak.
  • Personal statement.
  • Career planning esse.
  • Written work/yozma ish: oʻzingiz haqingizda CVga va arizangizga kiritilmagan ma’lumot yozish kerak.
  • 2 ta tavsiyanoma beruvchi shaxslarning kontakt ma’lumotlari.
  • 3 daqiqalik video.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma soʻralishi mumkin.
  • Toʻlov kvitansiyasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Natijalar imkon qadar tez fursatda eʼlon qilinadi.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!