×

Buyuk Britaniya: PhD bosqichi uchun toʻliq grant, yillik stipendiya – 21 400 funt sterling; qoʻshimcha 2 000 funt-sterling beriladi; joy – 50 ta!


Grant

MUHLAT

20.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1884 marta

Buyuk Britaniya poytaxti Londonda joylashgan Imperial College London PhD bosqichida o’qishni xohlovchilardan navbatdagi President’s PhD Scholarships dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi uch yarim yilgacha moʻljallangan boʻlib, 50 nafar yuqori salohiyatli tadqiqotchilarning ilmiy ishlarini amalga oshirishda moliyaviy yordam koʻrsatish, shu bilan birga, yuqori malakali ilmiy rahbar boshchiligida ishlashlariga imkon yaratadi. Nomzod Universitetda mavjud istalgan PhD dasturlaridan birini tanlashi mumkin.

Stipendiya dasturi uchun talabgorlar koʻpchilikni tashkil etgani bois, raqobat kuchli, shuning uchun nomzodlar dasturda ishtirok etishdan oldin akademik koʻrsatkichlarini 85% va undan ortiq boʻlishiga erishishlari maqsadga muvofiq.

Grant kimlar uchun?

Doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Talaba kontrakt pulini to’lashdan to’liq ozod qilinadi.
  2. Uch yarim yilgacha yashash va turar joy xarajatlari uchun yiliga 21200 funt sterling (taxminan 27035 AQSH dollari) miqdordagi stipendiya beriladi.
  3. Uch yil davomida kerakli anjom va jihozlarga ishlatish uchun yiliga 2000 funt sterling (taxminan 2550 AQSH dollari) miqdorida mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega (fuqarolikka oid cheklash yoʻq).
  2. Nomzod a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi – first classUK degree yoki shunga teng natijani koʻrsatgan boʻlishi kerak (O’zbekiston tizmida o’rtacha bahoning 85% va undan yuqori ko’rsatkichga egaligi first class UK degree’ga teng hisoblanadi).
  3. Magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  4. Angliyadan boshqa davlatlarda oʻqigan nomzodlar oʻz baholarining dastur talablariga mosligini tekshirib koʻrishlari talab qilinadi.
  5. Nomzod ariza topshirgunga qadar Imperial College London oʻquv boʻlimidagi ilmiy rahbar bilan oʻz ilmiy ishini nazorat qilish masalasini hal etishi kerak. Buning uchun: shu yerdagi maʼlumotlar asosida tegishli shaxs bilan bogʻlaning.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizaning umumiy formasi mavjud emas. Shuning uchun avval onlayn qabul tizimi orqali oliygohga kirish uchun ariza bering. Soʻngra, boʻlim sizning akademik yutuqlaringiz va salohiyatingizdan kelib chiqib, ariza shaklini joʻnatadi. Hujjatlar quyidagi muddatlarda qabul qilinadi:

  • 2019-yilning 8-noyabr.
  • 2020-yil 10-yanvar.
  • 2020-yilning 20-mart.

Ariza topshirish va kerakli hujjatlar tarkibi:

  1. Shaxsiy ariza toʻldirish jarayonida arizangiz akademik yutuqlaringiz, olib borgan tadqiqotlaringiz va rejalashtirayotgan ilmiy ishingiz, salohiyatingiz haqidagi toʻliq, ammo qisqa va loʻnda hamda 1000 ta soʻzdan iborat (2 bet) boʻlishiga ahamiyat bering. Onlayn tizim 2 sahifadan oshgan maʼlumotning ortiqcha qismlarini qabul qilmaydi.
  2. Stipendiya dasturida arizangiz koʻrib chiqilishi uchun onlayn-arizaning “moliyalashtirish” boʻlimida bu haqida “Presidentʻs PhD Scholarship” variantini tanlashingiz kerak.
  3. Nomzodlar oʻzlari tanlagan mutaxassislik uchun qabul qilingan barcha talablarga toʻliq mos boʻlishlari lozim.

Ushbu talablarga mos nomzodlar saralash jarayoniga qoʻyiladi.

Nomzodlarni saralash ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Dastlar hujjatlar nomzod hujjat topshirgan Departament (boʻlim/fakultet) tomonidan koʻrib chiqiladi, talabga javob beradi, deb topilgan hujjatlar Imperial College Londonning Saralash guruhiga taqdim etiladi.
  2. Saralash guruhi aʼzolari ilmiy ishlar boʻyicha vitse-prorektor va ilmiy-tadqiqot fakultetining vitse-dekani boʻlib, barcha Departament (fakultet)lar tomonidan topshirilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, eng yuqori natija koʻrsatgan nomzodlarni tanlaydilar.

Natijalarning eʼlon qilinishi:

  • 2019-yilning 8-noyabrigacha topshirilgan arizalarga 2020-yil 4-fevraligacha;
  • 2020-yil 10-yanvargacha topshirilgan arizalarga 2020-yil 31-martgacha;
  • 2020-yilning 20-martigacha toprishilgan arizalarga 2020-yil 29-maygacha javob beriladi.

Ma’lumot uchun: phdscholarshipscheme@imperial.ac.uk  

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!