×

Buyuk Britaniya: Ingliz tili oʻqituvchilari uchun magistraturada oʻqishga toʻliq grant; bepul turar joy, sug`urta va viza; stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

30.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

6506 marta

Buyuk Britaniya konsulligi ingliz tili boʻyicha bakalavriat bosqichini tamomlagan oʻqituvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2020-yilgi A.S.Hornby Educational Trust toʻliq grantini e’lon qiladi. Grant Buyuk Britaniyada joylashgan Warwick Universityning Master in TESOL magistratura kursida oʻqish uchun beriladi. Ushbu dastur maqsadi – ingliz tili oʻqitish sohasiga qiziquvchi iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada tahsil olishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrakt puli toʻliq qoplanadi.
  • Turar joy bilan ta’minlanadi yoki turar joy xarajatlari qoplanadi.
  • Yashash uchun oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.
  • Buyuk Britaniyaga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi.
  • Viza xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi lozim.
  • Nomzod kamida ikki yil toʻliq stavkada ingliz tili oʻqituvchisi boʻlib ishlagan boʻlishi lozim.
  • Nomzod IELTS sertifikatiga ega boʻlishi kerak va umumiy ball 6.5 dan past boʻlmasligi, hech qaysi boʻlim 6 dan past boʻlmasligi va writing eng kami 6.5 ball boʻlishi lozim.

Talablar haqidagi barcha ma’lumot: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish jarayoni 4 bosqichda amalga oshiriladi: 

1-bosqich – Bunda 2019-yilning 30-noyabrigacha onlayn tarzda ariza toʻldiriladi. Onlayn tarzda ariza topshirishni bir urinishda tugatish lozim. Ikkinchi marta kirib, ariza topshirish jarayonini davom ettirib boʻlaydi. Shu sababli, ariza topshirish haqidagi koʻrsatmalarni diqqat bilan oʻqib chiqing. Koʻrsatmalar bilan shu yerda tanishing.

2-bosqich – Birinchi bosqichdan oʻtganlar Oʻzbekistondagi Britaniya elchixonasiga 2019-yil 9-13-dekabrda suhbatga chaqiriladi.

3-bosqich – Suhbatdan oʻtganlar Warwick universitetining Master in TESOL kursiga hujjat topshiradi.

4-bosqich – Bunda Warwick universiteti nomzodga qabul xati (Letter of Acceptance) yuboradi va 2020-yil 1-oktabrda oʻqishni boshlash rejalashtirila boshlanadi. Oʻqish 2020-yilning oktabridan 2021-yilning sentabrigacha davom etadi. 

Ma’lumot uchunhornbyscholarships@britishcouncil.org elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!