×

Buyuk Britaniya: Keele Universityda magistratura bosqichi uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

10.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

898 marta

Angliyaning Straffordshir shahrida joylashgan Keele University navbatdagi The Developing Countries Scholarship (PGt) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning 2019-yil sentabrda boshlanadigan magistratura (postgraduate taught) bosqichlariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir yilga beriladi. Grantga nomzod rivojlanayotgan davlat fuqarosi boʻlishi lozim.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish toʻlovi 2019-oʻquv yiliga magistratura (taught) kurslarida esa tanlangan kursga qarab farq qiladi va taxminan 14 835 funt-sterlingni tashkil etadi. Toʻliq ma’lumot tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodga kontraktdan 1 000 funt-sterling chegirma qilinadi. Bu grantga hujjat topshirgan nomzodlar yana qoʻshimcha Keele International Excellence Scholarship va Keele Alumni Discount grantlarni olishlari mumkin.

Stipendiya dasturi faqat oʻqish pulini qisman qoplaydi. Yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Rivojlanayotgan davlatlar (jumladan, oʻzbekistonlik) fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2019-yil sentabrda boshlanadigan magistratura (taught) kurslaridan biriga oʻqishga kirishi zarur.
  3. Grant faqat 2019-yilgi kurslar uchun taalluqli va boshqa yilga uzaytirilmaydi.
  4. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  5. PGCE va Ijtimoiy ish boʻyicha magistraturada oʻqiyotganlar ariza bera olmaydi.
  6. Nomzod bakalavr diplomini topshiradi. Hujjati universitet talabiga mos kelmagan talabalardan 1 yillik bakalavrda oʻqiganlik haqida hujjat soʻralishi mumkin.
  7. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  8. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Odatda IELTS kamida 6,5 boʻlishi kerak.

Barcha talablar haqida: shu yerdan, shu yerdan va shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning magistratura (taught) kurslaridan birida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish muddati yil davomida. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Oʻqishga topshirilgan hujjatlar asosida nomzodlar grantga saralanadi. Aniq dedlayn muddati koʻrsatilmaganligi va oʻqish sentabr oyida boshlanishini hisobga olib, muddat shartli ravishda 10-avgust, deb olindi.

Ariza topshirish uchun How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing va ariza bering.

Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr diplomi va ilovasi.
  • Ingliz tili sertifikati. IELTS kamida 6,5 boʻlishi kerak.
  • Moliyaviy ahvolingiz yoki stipendiya/grant haqida maʼlumotnoma.
  • CV/resume.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Shuningdek, barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi. Batafsil ma’lumot: shu yerda.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa fursat ichida eʼlon qilinadi.

Elektron pochta: international@keele.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!