×

Buyuk Britaniya: kompyuter fanlari bo’yicha PhD kursida bepul o’qish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1240 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Manchester Universiteti kompyuter fanlari fakultetining School of Computer Science Overseas Fee Waiver Award grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar kompyuter fanlari fakultetiga tegishli PhD in Computer Science doktorantura kurslariga qabul qilingan xorijlik eng iqtidorli talabalarga taqdim etiladi. Ushbu doktorantura kursi to’liq stavkada 3 yil, yarim stavkada 6 yil davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Kompyuter fanlari bo’yicha PhD kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

School of Computer Science Overseas Fee Waiver Award granti taqdim etilgan PhD tadqiqotchilar o’qish to’lovidan ozod etiladilar. Ammo Buyuk Britaniyada yashash va o’qish xarajatlarini o’z hisoblaridan qoplashlari kerak bo’ladi.

Talablar:

PhD in Computer Science kursiga qabul talablari:

  1. Kompyuter fanlari yo’nalishidagi sohada bakalavr va magistratura diplomlari. Nomzod olgan baholar yuqori bo’lishi kerak.
  2. Kursga matematika, biologiya, fizika, tibbiyot, muhandislik kabi sohalarda o’qigan nomzodlar ham qabul qilinishi mumkin.
  3. Nomzod ingliz tilidan kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL IBT 90 sertifikatiga ega bo’lishi kerak. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza berish talab etilmaydi. PhD in Computer Science kursiga hujjat topshirishda grantga qiziqish bildirishingizni ham ko’rsatib o’tishingiz kerak. PhD kursiga hujjat topshirish tartibi:

  1. PhD kursida birga ishlash uchun ilmiy rahbar toping.
  2. Diplomlar, sertifikatlar kabi hujjatlarni tayyorlang.
  3. Ikkita  tavsiyanomaoling.
  4. Agar zarur bo’lsa,  tadqiqot taklifi tayyorlang.
  5. CV tayyorlang.

Yuqoridagilarni bajargach, ariza topshiring. PhD kurslari va grant dasturi uchun hujjat topshirishning so’nggi muhlati yo’q. Hujjatlar kurs to’lgunicha va boshlangunicha qabul qilinadi. Grant yutib olish uchun sentyabr oyigacha hujjat topshirganingiz ma’qul. Hozirda 2021-yil yanvarda yoki kuzda boshlanadigan kurslar uchun hujjat topshirish maqsadga muvofiq. Hujjat topshirish oldidan bu yerdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.

Murojaat uchun pg-admissions@manchester.ac.uk elektron manziliga xabar yo’llashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!